Birinchi o'rinda «Barselona» yo «Real» emas. Ispaniyada tur yakunlari - Dono.uz

Birinchi o’rinda «Barselona» yo «Real» emas. Ispaniyada tur yakunlari

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Ispaniya chempionatining 8-turida ham ikki grand ochko yo’qotishda davom etdi. «Real» «Alaves» mehmoni bo’lib, g’alabasiz va golsiz seriyasini davom ettirgan va to’rtinchi o’ringa tushib ketgan bo’lsa, «Barselona» «Valensiya» maydonida g’alabaga erisha olmadi va birinchi o’rinni boy berdi. Bu o’ringa g’alabali seriya qayd etayotgan «Sevilya» chiqib oldi. «Tribuna» dam olish kunlarida Ispaniya chempionatida o’tkazilgan tur o’yinlarini batafsil yoritadi.

7 soatlik golsiz seriya va yangi mag’lubiyat


«Alaves» – «Real» – 1:0 (0:0)
Gol: Garsiya, 90+5.
«Alaves»: Pacheko, Ksimo Navarro, Laguardiya, Maripan (Agirregabiriya, 88), Duarte, Brashanats, Vakaso (Garsiya, 74), Tomas Pina, Ibai Gomes (Sobrino, 67), Kaleri, Xoni.
«Real»: Kurtua, Odriosola, Varan, Serxio Ramos, Nacho, Kroos, Modrich, Kazemiru (Asensio, 62), Sebalos, Benzema (Dias, 46), Beyl (Vinisius Junior, 80).
Ogohlantirishlar: Vakaso, 54.
Hakam: Xayme Latre.
6 oktabr. Vitoriya. «Mendizorroza» stadioni.

2002 yilning 6 oktabrida ham «Real» «Alaves» bilan o’ynagan, faqat bu o’yin «Santyago Bernabeu»da kechgandi. Bu Ispaniya chempionatidagi odatdagi oddiy o’yin emasdi, shu kuni o’yinning 63-daqiqasida Ronaldo maydonga chiqqan va 64-daqiqada gol urgandi. U o’yin davomida ikkinchi golni ham urgan, «Real» esa 5:2 hisobida g’alaba qozongandi. Bu Ronaldoning «Qirollik klubi» safidagi debyuti bo’lgandi. Madrid tik oyoqda Ronaldoni olqishlagandi o’shanda.

Oradan 16 yil o’tdi. Endi «Real»da Ronaldo ham, Ronaldu ham, futbolchi Zidan ham, murabbiy Zidan ham yo’q, faqat Florentino Peres Madridda yangi «galaktikos»ni tashkil etish uchun behuda urinmoqda. Xulen Lopetegi mavsumdagi 10 o’yindan faqat yarmida g’alaba qozona oldi xolos, bunday ko’rsatkich Peres davrida faqat bir marta (o’tgan asr oxirida Jon Toshak murabbiyligida) kuzatilgan. Hatto 3 yil muqaddam muvaffaqiyatsiz natijalari uchun ishdan haydalgan Rafael Benites dastlabki 10 uchrashuvida mag’lubiyatga uchramagandi.

Lopetegi esa iste`foga chiqish haqida o’ylamayapti. «Barselona»da qancha ochko bo’lsa, bizda ham shuncha!», demoqda u. Ha, «Barselona» o’z o’yinini o’tkazishidan oldin ochkolar soni teng edi, ammo tur oldidan o’tkazilgan YeChL o’yinlarida «Barselona» «Tottenhem»ni safarda 4:2 hisobida mag’lub etib qaytgan, «Real» esa Moskvada TsSKAga 0:1 hisobida mag’lub bo’lgandi. «Alaves»ga qarshi o’yinning birinchi bo’limi yakunlanganida madridliklarning golsiz daqiqalari 364 daqiqaga yetgan, bu olti soat degani edi. Bu «Real» bir yilgina muqaddam qatorasiga 73 o’yinda gol urib, «Santos»ning afsonaviy rekordini yangilagandi.

Lopetegida ijrochilar ko’p, o’tgan yili gollar urgan va g’alabalar keltirgan Beyl ham, Benzema ham, Asensio ham, Kroos va Kazemiro ham hozir tarkibda. «Alaves»ga qarshi o’yinda ilk daqiqalardan maydonda harakat qilgan Sebalos esa o’tgan mavsumda «Alaves»ga qarshi safar o’yinida g’alabani ta`minlagan yagona golni urgandi. Ammo bu safar «Real» birinchi bo’limda xuddi Moskvada qanday o’ynagan bo’lsa, shunday o’ynadi. Jamoa faqat raqib jarima maydoni tomon tavakkaliga uzatilgan paslarga tayanib, hech narsaga erisha olmadi.

Birinchi bo’limdagi eng xavfli vaziyat «Alaves» tomonidan yaratildi – to’p mehmonlar jarima maydonida ko’p ushlanib qoldi va faqat Varan darvoza chizig’iga yetgan to’pni uzoqlashtira oldi. Ikkinchi bo’limda ham «Real»ning o’yini yaxshilanib qolmadi. Aksincha, «Real» futbolchilari uzun paslar orqali raqib jarima maydoniga kirish uchun behuda urinishdi, uzoqdan berilgan zarbalar darvozaga qadar yetib bormadi.

Lopetegi Mariano Dias, Asensio va Vinisiusni maydonga tashlash orqali o’yinni o’zgartirishga harakat qildi. Ammo ikkinchi bo’limdagi eng xavfli vaziyat ham maydon egalari tomonidan yaratildi: Xoni chap qanotdan jarima maydoniga yorib kirib, zarba berdi, to’p darvoza ustuni yonginasidan o’tib ketdi. «Real»ning ko’p vaziyatlarda omadi keldi – raqib futbolchilari hujumlarni aniq zarbalar bilan yakunlay olishmasdi. Lekin qo’shimcha daqiqalarning oxirida mezbonlar baribir gol urishdi, burchak zarbasi amalga oshirilgan vaqtda jarima maydonida tartibsizlik yuzaga keldi va Garsiya bundan unumli foydalandi.

Bu g’alaba evaziga «Alaves» turnir jadvalida «Real»ga yetib oldi. Madridliklar jamoasi 6 soatu 49 daqiqadan buyon gol ura olmayapti. Bunday seriya «Real»da 1985 yildan buyon kuzatilmagandi. «Real» «Alaves»ga oxirgi marta 87 yil muqaddam yutqazgandi.

«Mestalya»da durang. Kataloniyaliklar chempionatning qatorasiga to’rtinchi o’yinida ochko yo’qotdi

«Valensiya» – «Barselona» – 1:1 (1:1)
Gollar: Garay, 2 (1:0). Messi, 23 (1:1).
«Valensiya»: Netu, Pichchini, Garay, Gabriel Paulista, Xose Gayya, Soler, Parexo, Kondogbya (Koklen, 79), Gonsalu Gedesh (Cherishev, 12), Batshuayi, Gameyro (Rodrigo, 67).
«Barselona»: ter Shtegen, Semedu, Pike, Fermalen, Jordi Alba, Artur (Rafinya, 88), Buskets, Rakitich, Messi, L.Suares, Koutinyu (Dembele, 84).
Ogohlantirishlar: L.Suares, 41. Soler, 43. Koutinyu, 58. Parexo, 58.
Hakam: Gonsales Gonsales (Ispaniya).
07 oktabr. Valensiya. «Mestalya» stadioni.

Beqaror «Valensiya»
Bu chempionat peshqadami va turnir jadvalida 12-o’rinni egallab turgan jamoa o’yini anonsi emasdi. Ammo o’tgan mavsum bo’yi «Barselona»ning asosiy ta`qibchisi bo’lgan «Valensiya» bu mavsumdagi ilk g’alabasini faqat 7-turga kelib qo’lga kiritdi («Real Sosedad» ustidan safardagi 1:0 hisobidagi g’alaba). Jamoa o’tgan yilgiga qaraganda beqaror o’yin ko’rsatmoqda. Chempion bilan o’yin jamoa uchun o’tgan yillardagi jasoratlarini eslashga yaxshi motivatsiya edi.

Angliyaga safar
O’tgan haftada ikki jamoa ham YeChL doirasida Angliyaga safar qilgandi. «Barselona» Londonda «Tottenhem»ni mag’lubiyatga uchratgan bo’lsa, «Valensiya» Manchesterda «MYu»dan ochko olgandi. «Valensiya» o’z o’yinini bir kun oldin o’tkazgan va keyingi 3 turda atigi 2 ochko olgan, o’yinida pasayish boshlangan «Barselona»ga qarshi tayyorlanish uchun 24 soat ko’proq vaqt bor edi.

Garayning goli va Gedeshning jarohati
O’yinning birinchi choragida «Mestalya»da faqat «Valensiya» o’ynayotgandek edi. O’yinda hisob ikkinchi daqiqadayoq mezbonlar tomonidan ochildi: jarima maydonchasiga uzatma va Pikening navbatdagi xatosi. To’p u orqali darvoza chizig’i oldida turgan Garayga kelib tushdi.  Tezkor gol «Barselona»ni gangitib qo’ydi, «ko’rshapalaklar» mehmonlar darvozasi yaqinidan uzoqlashmay qo’yishdi. Ayniqsa, Gedeshning qanotidan (chap qanot) ter Shtegen darvozasi tomon tinimsiz xavf solib turildi. Ammo u 12-daqiqada Koutino bilan to’qnashuvda jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo’ldi. Uning o’rniga Denis Cherishev o’yinni davom ettirdi, o’yinda tezlik pasaydi, ammo xavfli vaziyatlar kamaygani yo’q. Ammo rossiyalik xavbek yaratgan vaziyatlarni goh Gameyro, goh Batshuayi yo’qqa chiqara boshladi.

Suares-Messi bog’lami
Birinchi bo’limning ikkinchi yarmida «Barselona» tashabbusni qo’lga ola boshladi, bir necha yaxshi hujumlar uyushtirildi, shunday hujumlardan biri Suaresdan to’pni qabul qilib olgan Messi jarima maydoni tashqarisidan turib, kuchli va aniq zarba berishi bilan yakunlandi. Bu orqali Suares Messiga golli uzatma yetkazib berish bo’yicha Dani Alvesning natijasini (26) yaxshiladi.

Bu durangdan keyin «Valensiya» uy uchrashuvlaridagi mag’lubiyatsiz seriyani davom ettirdi (4 g’alaba va 4 durang), «Barselona» esa turnir jadvalida ikkinchi o’rinda qoldi, biroz oldinroq «Sevilya» «Selta»ni mag’lub etib, birinchi o’ringa chiqib olgandi.

«Sevilya» birinchi o’rinda

«Sevilya» – «Selta» 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 39 Sarabiya, 2:0 – 61 Ben-Yyedder, 2:1 – 85 Bufal.
Sevilya – Vatslik, Karrisu, Ker, Gomes, Navas, Sarabiya, Banega (Mesa, 90), Vaskes, Arana, Andre Silva, Ben-Yyedder (Promes, 79).
Selta – Alvares, Arauxo, Kabral, Ronkalya, Malo, Lobotka, Beltran, Junka (Alonso, 83), Aspas (Bufal, 70), Sisto (Ekkert, 46), Maksi Gomes.
Ogohlantirishlar: Banega (17), Ronkalya (52), Arauxo (56), Karrisu (56), Arana (89), Kabral (90).
Chetlatish: Arauxo (58).

Andalusiyaliklar jamoasida Sarabiya asosiy futbolchiga aylanib bormoqda. U bu o’yinda ham bitta gol urib, yana bir golga uzatma berdi.

Pablo Machin shogirdlari «Barselona»ga qarshi o’yindan oldin birinchi o’ringa chiqib oldi. Jamoa keyingi turda «Kamp Nou»ga turnir jadvalida «Barselona»dan yuqorida turgan holatda tashrif buyuradi.

«Atletiko» – «Betis» 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 74 Korrea.
«Atletiko» – Oblak, Xuanfran (Aryas, 74), Godin, Lyuka Ernandes, Filipe Luis, Koke, Rodri Ernandes, Saul, Lemar (Korrea, 57), Grizmann, Kalinich (Parti, 66).
«Betis» – Lopes, Mandi, Bartra, Sidney, Gerrero (Sanabriya, 81), Kanales, Guardado (Vilyam Karvalyu, 17), Firpo, Lo Chelso, Sanches (Telo, 66), Moron.
Ogohlantirishlar: Firpo (41), Xuanfran (47), Godin (58), Filipe Luis (77), Saul (78), Bartra (85), Lyuka Ernandes (88), Kanales (90).

«Atletiko»ning yana bir oddiy bo’lmagan g’alabasi. Diyego Simeone o’yin chiqmay turgan mahalda zaxiradan Korreani maydonga tashladi va u g’alaba golini urdi. Ushbu futbolchi Madrid jamoasida «qora toychoq»qa aylanib bormoqda. Klubda hech bir futbolchi zaxiradan o’yinga qo’shilib, u qadar ko’p gol urmagan (11 gol).

Bu g’alaba evaziga «matraschilar» ochkolari sonini 15taga yetkazib, turnir jadvalida uchinchi o’ringa ko’tarildi.

Tur o’yinlari
Espanol – Vilyarreal 3:1
 (1:1, 2:0)
Gollar: 1:0 – 7 Peres, 1:1 – 45 Toko-Ekambi, 2:1 – 79 Darder, 3:1 – 90 Pyatti.
Ogohlantirishlar: David Lopes (5), Migelon (33), Ermoso (45), Funes Mori (47), Darder (90).

Jirona – Eybar 2:3 (2:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 12, penalti Sharles, 1:1 – 40 Stuani, 2:1 – 42 Stuani, 2:2 – 45 Arbilya, 2:3 – 72 Enrik.
Ogohlantirishlar: Xuanpe (6), Aday (11), Portu (15), Xose Anxel (20), Jordan (34), Diop (41), Riyesgo (45), Arbilya (59), Paulu Oliveyra (61).

Xetafe – Levante 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 60 Bardi.
Ogohlantirishlar: Dakonam (13), Boateng (22), Antunesh (26), Prtsich (31), Djyeyson (33), Rober (42), Rochina (90), Ibanes (90), Suares (90).
Chetlatish: Portilo (90).

Leganes – Rayo Valekano 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 14 Karrilo.
Ogohlantirishlar: Oskar Rodriges (43), Medran (43), Embarba (55), Ba (80).
Chetlatish: Medran (82).

Atletik – Real Sosedad 1:3 (1:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 30, penalti Oyarsabal, 1:1 – 32 Muniain, 1:2 – 47 Sangali, 1:3 – 74, penalti Oyarsabal.
Atletik – Simon, De Markos (Kapa, 68), Yyeray Alvares, Martines, Berchiche, Raul Garsiya (Aduris, 68), Dani Garsiya, Benyat (San Xose, 84), Susayeta, Inyaki Uilyams, Muniain.
Real Sosedad – Moyya, Gorosabel, Elustondo, Navas, Rodriges, Ilyarramendi, Subeldiya, Sangali (Sandro Ramires, 76), Pardo (Surutusa, 66), Oyarsabal (Moreno, 86), Bautista.
Ogohlantirishlar: De Markos (19), Susayeta (26), Martines (29), Inyaki Uilyams (31), Subeldiya (38), Dani Garsiya (39), Moyya (57), Raul Garsiya (67), Surutusa (70), Ilyarramendi (83), Bautista (90).

Valyadolid – Ueska 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 28 Alkaras.
Ogohlantirishlar: Michel (6), Gyurler (13), Ruben Semedu (27).

Turnir to’purarlari

Turnir jadvali

Manba: kun.uz

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.
Free WordPress Themes