“Biz g'alaba qozonamiz”: Poytaxtda yangi kitob taqdimoti bo'lib o'tdi - Dono.uz

“Biz g’alaba qozonamiz”: Poytaxtda yangi kitob taqdimoti bo’lib o’tdi

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Bugun, 7 iyul kuni Toshkentdagi  Wyndham mehmonxonasi majlislar zalida ko’pchilik kitobxonlar tomonidan kutilgan ziyo anjumani bo’lib o’tdi.  Anjuman jurnalist Shuhrat Sattorovning “Biz g’alaba qozonamiz” nomli yangi kitob taqdimotiga bag’ishlandi.

Davlat va jamoat arboblari, adabiyot va sanat namoyandalari, tadbirkorlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etgan ushbu taqdimot  BMB Trade Group kompaniyasi homiyligi hamda Facebook tarmog’idagi “Maslahat.uz” guruhi hamkorligida tashkil qilindi.

Keng kitobxonlar ommasi uchun mo’ljallangan mazkur kitob Prezident Shavkat Mirziyoyevning xalq hayotini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslari, “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili”ga bag’ishlangan. Unda “fuqaro raqobatbardosh hamda bugungi zamonga munosib bo’lsa, orzulari ortidan mustahkam e`tiqod bilan borsa, hayotda o’z o’rnini topishga intilsa va xalqqa xizmat qilishni burchi deb bilsa, jamiyat rivojlanadi, turmush farovonlashadi” degan g’oya ilgari surilgan.

Kitobda muallif tomonidan insonning oldiga qo’ygan maqsadga yetishish uchun zarur omillar, orzu qarshisidagi mashaqqatlarni yengib o’tish va muvaffaqiyat qozonishning ilmiy-psixologik asoslari hayotiy misollar, ilmiy-ommabop manbalar  asosida yoritiladi.

Kitobda ishda yuksalish, rahbarlik va yetakchilik, bugungi zamonga raqobatbardosh bo’lish va bunda shaxsiy fazilatlar, fe`l-atvorning o’rni, jamoatchilik oldida chiqish qilish sirlari alohida bobda hikoya qilinadi.

Shuningdek, “Biz g’alaba qozonamiz”dan o’rin olgan ibratli hikoyalar, ma`rifatparvar insonlar, taniqli tadbirkor va sportchilarning hayotiy qoidalari, fikrlari va kechinmalari o’quvchini yangi g’oyalar haqida o’ylashga undaydi,  ularni amalga oshirish uchun yangi shijoat beradi. Shu asosdan uni hozirgi davrning keng qamrovli motivatsion asari sifatida ham baholash mumkin.

Foto: Rustam Nazarmatov

Kitob ertadan boshlab savdo do’konlariga yetib boradi va kitobxonlar uni xarid qilish imkoniyatiga ega bo’lishadi.

Manba: kun.uz

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.
Free WordPress Themes