Biz haqimizda - Dono.uz

Biz haqimizda

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

* Yoshlarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning bilim va hayotiy ko‘nikmalarini mustahkamlash, dunyoqarashini kengaytirishga yo‘naltirilgan “Bilimdon”, “Znayka” (rus tilida), “Dono Word”, “Excellent” (ingliz tilida) bolalar va o‘smirlar uchun jurnallari 14 yildan buyon chop etiladi.

* Jurnallar har yili o‘rtacha 150 000 nusxada bir oyda ikki marta respublikamizning barcha hududlariga tarqatiladi.
* Jurnallarimizda har yili kamida 5 ta ijodiy tanlovlar, viktorinalar e’lon qilinadi. Shu kungacha 150 dan ziyod ana shunday tanlovlar o‘tkazilib, ularda 200 nafardan ortiq o‘quvchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritishgan. Tanlov g‘oliblariga kompьyuter, televizor, planshet, nashriyotning maxsus sovg‘alari va qiziqarli kitoblar to‘plamlari topshirilgan.
* Jurnallarimiz sahifalarida shu kungacha bolalar tomonidan yozilgan 2500 dan ziyod badiiy ijod namunalari, jumladan she’r, hikoya va ertaklar chop etilgan.
* Jurnallarimiz sahifalarida shu kungacha o‘quvchilarimiz tomonidan chizilgan 6000 dan ziyod suratlar chop etilgan.
* Tahririyatlarimiz tomonidan shu kungacha butun O‘zbekiston bo‘ylab 200 dan ortiq madaniy-ma’rifiy va ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilgan.
* Tahririyat kengashi a’zolari: Xudoyberdi To‘xtaboev – O‘zbekiston xalq yozuvchisi, Anvar Obidjon – O‘zbekiston xalq shoiri, Jamol Jalolov – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi, professor, Kavsar Turdieva – filologiya fanlari nomzodi, shoira.
* Hamkorlarimiz – O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi.
* Bizning jurnallarimiz “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining 27 ta davlatga qatnaydigan samolyotlarida ham o‘quvchilarga tarqatiladi.

Mundarijasi asosan o‘quvchilarimizning beg‘ubor ijodi bilan boyitilgan, turli fanlardan qiziqarli test savollari, ajoyib boshqotirmalar, bolalar uchun mo‘ljallangan eng sara badiiy asarlar va dunyo ertaklari, yoshlar tarbiyasiga munosib hissa qo‘shayotgan aziz Ustozlarimiz va o‘qishda, hayotda yuksak natijalarga erishayotgan o‘quvchilarimiz haqidagi maqolalar, taniqli sportchi va san’at namoyondalari bilan uchrashuvlar o‘rin olgan jurnallarimizga yil davomida obuna bo‘lishni unutmang!

Hurmat bilan,
“Dono Nashriyoti”.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.
Free WordPress Themes