Bosh sahifa Yangiliklar “BOBOLARIMIZ BARHAYOT”

“BOBOLARIMIZ BARHAYOT”

137
0

Bilmaganni so’rab o’rgangan olim,

Orlanib so’ramagan o’ziga zolim.

Alisher NAVOIY

Bugungi o’zbek adabiyoti va adabiy tilimizning asoschisi, xalqimiz ma’naviyati ravnaqiga ulkan hissa qo’shgan siymolar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kunlarini nishonladik. Ularning o’lmas asarlari bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q.

Bizning maktabimizda ham ularning tavallud ayyomiga bag’ishlab turli tadbirlar, g’azalxonlik kechalari, rasmlar ko’rik-tanlovi o’tkazildi. 8-9-14-fevral kunlari men sinf rahbarlik qilayotgan 2-“B”-sinfida ham “Bobolarimiz barhayot” deb nomlangan rasmlar ko’rik-tanlovi o’tkazildi.

Ushbu tanlovda sinfning barcha o’quvchilari faol qatnashdi. Tanlovda o’quv-tarbiyaviy ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Zarifaxon Turg’unova va maktab kutubxona mudiri Latifaxon Ergashevalar ham ishtirok etishdi.

Tadbirda o’quvchilar ulug’ siymolarimiz haqida she’rlar, hadislar va hikmatli gaplar aytishdi. Kutubxonachi Latifa Ergashova esa allomalar kitoblarini ko’rsatdi va ular haqida gapirib o’tdi. Zarifaxon Turg’unova rasmlarni ko’rib chiqib, eng yahshi chizilgan rasmlarni aniqlab, g’oliblarni e’lon qildi. G’olib o’quvchilar esa munosib taqdirlandi.

Tashkil etilgan bunday tadbirlar, rasmlar tanlovi bolalarning dunyoqarashini kengaytirishga va ajdodlar bilan faxrlanishga zamin yaratadi.

VATAN UCHUN KUYLA”

Bugunni yozib, ertani o’yla,

Bugunni yozganing barchaga so’yla.

Yaxshi kunlar ko’pdir, yaxshi kunlar ko’p,

Vatan uchun kuyla, yurt uchun kuyla.

 

Qo’lingni bergin sen, qo’llaringni ber,

Tog’larda erkin o’sgan lolalarni ter.

Yurtimiz oboddur, kelgin, bir bor ko’r,

Vatan uchun kuyla, yurt uchun kuyla.

 

Har bir so’zingda madh et vatanni,

Mehrga to’ldir, to’ldir bu tanni,

Unutish mumkinmas bunday chamanni,

Vatan uchun kuylar, yurt uchun kuyla.

 

Muxlislar  tinglasin, chalib qarsaklar,

Yoningdan ketmasin olib dastxatlar.

Hasad yo’qdir bu qo’shiqqa, bo’lar havaslar,

Vatan uchun kuylar, yurt uchun kuyla.

 

Bunday qo’shiqlarga hamma jo’r bo’lar,

Yurakdan jo’shib ayt, chiqsin sadolar.

Qalblarni yumshatar bunday navolar,

Vatan uchun kuylar, yurt uchun kuyla.

Maqsudaxon XOLMIRZAYEVA, Farg’ona viloyati, Bag’dod tumanidagi 11-sonli umumta’lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi

 

Izoh qoldirish

Please enter your comment!
Please enter your name here