Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi - Dono.uz

Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi

Andijonda viloyat ichki ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi.

Tadbirda 200 dan ziyod korxona, tashkilot va muassasa 1 ming 100 ish o‘rni bilan ishtirok etdi.

–Paxtaobod tibbiyot kollejini bitirganman, – deydi Ra’noxon Toshtanova. – Bugungi yarmarkada Andijon shahar tibbiyot birlashmasi tomonidan taqdim etilgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishib chiqdim. Menga ma’qul keldi. Shuning uchun hamshiralik lavozimiga ishga joylashish uchun yo‘llanma oldim.

Tadbir doirasida “Sharq ziyokori” mas’uliyati cheklangan jamiyati Andijon filialining ilmiy va badiiy adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

1 (4).JPG
6 (2).JPG
3 (1).JPG
4 (2).JPG
Manba: O’zA
Free WordPress Themes