Britaniyalik mutaxassis O‘zbekiston maktablarida ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha o‘z takliflarini berdi - Dono.uz

Britaniyalik mutaxassis O‘zbekiston maktablarida ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha o‘z takliflarini berdi

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Ayni kunlarda Toshkent shahrida Xalq ta’limi vazirligi Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda ta’lim tizimida ingliz tili o‘qitilishida islohotlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi milliy jamoasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: “Xabar.uz”

Xalq ta’limi tizimidagi islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri ingliz tilini sifatli va samarali o‘qitishni yo‘lga qo‘yishdir. Buning uchun, avvalo, ingliz tilini o‘qitishning qulay va tezkor amaliyotini o‘rganish, shuningdek, jarayonga yuqori malakali xalqaro ekspertlar guruhini hamda hamkorlarni jalb etish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Shuni aytish joizki, milliy jamoa mamlakatdagi barcha umumta’lim maktablarida ingliz tilini o‘qitish amaliyoti bo‘yicha birlamchi tadqiqot o‘tkazdi. Ya’ni, ular darslarda ishtirok etib, o‘qituvchilar bilan uchrashdi, o‘quv reja va materiallar, bundan tashqari, dars va darsdan tashqari foydalaniladigan manbalarni o‘rgandi.

Tadqiqotning birlamchi natijalarini muhokama etish, boshlang‘ich va o‘rta sinflar uchun darsliklarni tayyorlash tajribasini o‘rganish milliy guruhning seminariga Buyuk Britaniyaning maktablarda ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha konsultanti Vendi Arnold xonim taklif etildi.

Arnold xonimning fikricha, ta’lim tizimi va o‘quv dasturlari o‘zgarishi, o‘qituvchilarni tayyorlash tizimi bilan birgalikda olib borilishi kerak ekan.

Dastur yakuniga ko‘ra, milliy jamoa mahalliy va xalqaro ilg‘or tajribalarini inobatga olgan holda maktablarda ingliz tilini o‘qitish tizimini isloh etish bo‘yicha harakat rejasini ishlab chiqadi. Jamoa yig‘ilishi 12-noyabrga qadar davom etadi.

Manba: daryo.uz

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.
Free WordPress Themes