Bugatti 5 mln yevrolik yangi giperkarini ishlab chiqdi - Dono.uz

Bugatti 5 mln yevrolik yangi giperkarini ishlab chiqdi

Bugatti kompaniyasi avgustda AQShning Pebbl-Bich shahrida o’tuvchi bashanglik tanloviga narxi 5 mln yevroni tashkil qiluvchi hashamatli Divo giperkarini olib keladi. Mutaxassislarning fikricha, bu mashina yangi model bo’lmay, Chiron modelining o’ziga xos versiyasigina bo’ladi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko’ra, giperkar 100 dona miqdorda ishlab chiqariladi, biroq avtomobilga buyurtma berilishining ilk kunlariyoq barcha mashinalar taqsimlab bo’lingan. Kelgusida mashinani yanada qimmatroq narxda sotib olish imkoni bo’ladi.

Ta`kidlanishicha, yangi Bugatti Divo tezlashish nuqtai nazaridan fransuz markasining eng tezkor mashinasi bo’ladi. Mashina 100 km/soat tezlikka 2,5 soniyada erisha oladi, maksimal tezligi esa, aksincha, 420 km/soatdan 385 km/soatgacha kamytirilgan. Mashina haqidagi batafsil ma`lumot Pebbl-Bichdagi tadbirdan keyin paydo bo’ladi.

Manba: kun.uz

Free WordPress Themes