Buyuk Britaniyada "aqlli zebra" sinovdan o'tkazildi - Dono.uz

Buyuk Britaniyada «aqlli zebra» sinovdan o’tkazildi

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Piyodalar o’tish yo’lagi yoki oddiy xalq tilida «zebra» har bir insonga tanish. Bu yo’l harakati ishtirokchilariga qatnov qismining qayeridan kesib o’tish mumkinligini ko’rsatuvchi chiziqlardir.

Aql kirib borayotgan texnikalarning hozirgi davrida, «Aqlli» avtomobillar, svetoforlar, yo’l belgilari paydo bo’ldi. Piyodalarning qo’li esa aqlli gadjyetlar bilan to’ldi. Ammo «zebra» unchalik aqlli emasdi.

Bu kamchilikni bartaraf qilishga Angliyaning Direct Line sug’urta kompaniyasi bel bog’ladi, deb xabar bermoqda Hi-news.ru sayti.

U dastlabki «aqlli» o’tish yo’laklarini ixtiro qildi. Direct Line injyenerlarining bu kashfiyoti, yo’llarda harakat xavfsizligini haqiqatda ta`minlashga qodir bo’lgan texnologik uskunalardan biridir.

Aqlli zebra piyodaning harakatini ilg’ab oladigan va haydovchilarni xavfdan ogohlantiradigan sezgir sensorlarga ega. Bundan tashqari, u teskari tomonga ham ishlaydi, ya`ni piyodani yaqinlashib kelayotgan transport vositasidan ogohlantiradi.

Foto: PA

Yorug’lik diodiga ega piyodalar yo’lagi bir necha rejimda ishlaydi. Yo’l ochiq bo’lgan holatda, ya`ni unda avtobillar va velosipedchilar yo’q bo’lsa, avtomatik tarzda yashil rangga kiradi.

Zebraning dastlabki uzunligi 22 metrni tashkil qiladi. Agar yo’lni kesib o’tuvchi odamlar soni ko’p bo’lsa, u eniga qarab o’sadi.

Tizim kunning qorong’i qismida piyodalarni yoritib, haydovchilarni ogohlantira oladi. Zebraga transport vositasi yaqinlashganida, yo’lak qizil tusga kiradi.

Bundan tashqari, agar inson harakat qoidalariga zid ravishda yo’lni kesib o’tmoqchi bo’lsa, uning rangi yashildan qizilga o’zgaradi. Masalan, u zebra hududidan chiqib ketsa, tizim haydovchini xavfdan ogohlantiradi.

Manba: Kun.uz

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Free WordPress Themes