Diqqat: “Momo” nomidagi xavfli o‘yin, farzandingizni undan ehtiyot qiling! - Dono.uz

Diqqat: “Momo” nomidagi xavfli o‘yin, farzandingizni undan ehtiyot qiling!

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.
Facebook ijtimoiy tarmog‘ining The Mirror nashri xabarlariga tayangan holdabergan ma’lumotlariga ko‘ra , WhatsApp ijtimoiy tarmog‘idagi foydalanuvchilar orasida “Momo” nomidagi xavfli o‘yin internetda ommalashmoqda.
Ushbu o‘yin “Ko‘k kit” o‘yini kabi xatarli bo‘lib, o‘yin so‘ngida o‘ynayotganlar o‘zini o‘ldirishi kerak bo‘ladi. Bu o‘yinga mukkasidan ketganlarning ko‘pchiligini hozirda yoshlar tashkil etmoqda.
O‘yin qoidalariga ko‘ra, “Momo” nomi ostidagi abonent foydalanuvchining aloqalar qayd ro‘yxatiga to‘satdan bog‘lanadi va tunda video aloqaga chiqa boshlaydi. Keyin foydalanuvchiga turli xil qo‘rquv va vaxima uyg‘otuvchi rasmlar jo‘natadi.
Shuningdek, tunda “Momo” abonenti o‘zi jo‘natgan qo‘rqinchli filmlarni ko‘rishga majburlaydi. Film tugagach, “Momo” foydalanuvchiga ko‘rgan qo‘rqinchli filmidagi vaxshiy obraz ko‘rinishida video aloqaga chiqadi.
Muntazam yuborilgan qo‘rqinchli rasmlar va video qo‘ng‘iroqlar ta’sirida, foydalanuvchi jismonan va ruhan holsizlanib, tushkunlikka tushib qoladi. Shundan so‘ng o‘z hayoti yaqinlari uchun arzimasligini his qila boshlaydi va o‘z joniga qasd qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, Rossiyada 2018 yilning iyul oyiga qadar “Momo” xatarli o‘yini ta’sirida 130 nafar o‘smir o‘z joniga qasd qilgan.
Avvalroq, “Ko‘k kit” xavfli internet o‘yini orqali ham minglab yoshlar o‘z joniga qasd qilganligini xabar qilgan edi.
Manba: O’zA
Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.
Free WordPress Themes