Bosh sahifa Ota-onalar uchun “Dono Education” nodavlat ta’lim muassasasi – bo’lajak aktyorlar uchun qulay imkoniyat

“Dono Education” nodavlat ta’lim muassasasi – bo’lajak aktyorlar uchun qulay imkoniyat

253
0

Aktyor bo’lish uchun qobiliyat va iqtidoringiz bor, lekin taqdir taqozosi bilan boshqa sohani egalladingizmi? Boshqa oliy o’quv yurtida tahsil olish bilan birga aktyorlik mahoratingizni oshirib bormoqchimisiz? Farzandingizda iste’dod uchqunini sezdingizmi?

Yuqoridagi savollardan birontasi agar sizga taalluqli bo’lsa, unda “Dono Education” o’quv markaziga xush kelibsiz!

O’quv markazi “Dono Productions” kinokompaniyasi qoshida ochilgan bo’lib, aktyorlik mahorati bo’yicha ta’lim faoliyatini yuritadi. “Dono Productions” kinokompaniyasi ochilganiga ko’p vaqt o’tmagan bo’lsa-da, yirik miqyosdagi loyihalari bilan mashhurlikka erishib bormoqda. Jumladan:

– “Maftuningman-2” fil`mi uchun respublika bo’ylab o’tkazilgan kastingda 2000 nafardan ziyod hamyurtlarimiz ishtirok etishdi. Kasting guruhi har bir viloyat markaziga borib, mahalliy iste’dodlarning mahoratini bevosita ko’rikdan o’tkazishdi. Kasting jarayonlarida O’zbekiston xalq artisti Turg’un Azizov, xizmat ko’rsatgan artistlar Klara Jalilova, Ra’no Yarasheva, Lola Eltoeva, Shermat Yormatovlarning qatnashgani ishtirokchilarga qo’shimcha ruh bag’ishladi.

– “Mahallada duv-duv gap-2” fil`mi “El-yurt hurmati” ordeni va “Shuhrat” medali sohibi, professor, mashhur o’zbek kinorejissyori Shuhrat Abbosov tomonidan suratga olinmoqda. Kinokompaniyaning ilk fil`mi sifatida dunyoga keladigan mazkur kartina o’zining keng qamrovi bilan mutaxassislar tomonidan alohida e’tirof etilmoqda. Ikki yilda yozilgan stsenariy, 90 dan ortiq personaj, yarim yillik tayyorgarlik va tasvirga olish ishlari… hali bu jarayonlar o’z yakuniga yetgani yo’q. Fil`m prem`erasi 2017 yil bahoriga rejalashtirilmoqda.

– 2017 yilda “Maftuningman-2”, “Engilmas”, “Uy farishtasi” kabi kartinalarni suratga olish rejalashtirilgan. Fil`mlarda obrazlarni gavdalantiradigan mahoratli aktyorlarni tarbiyalash maqsadida “Dono Education” o’quv markaziga asos solindi.

Asosiy ma’lumotlar:

– o’qish muddati – olti oy;

– o’qish haftada 3 kun, 2 soatdan.

– olti oylik dars soati jami 72 soat (para)ni tashkil etadi;

– o’qish uchun oylik to’lov 300 000 so’m, olti oylik to’lov 1 800 000 so’m. To’lov istalgan uslubda, naqd, plastik kartochka va pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshirish mumkin. O’quvchilar ovqat va yotoqxona bilan ta’minlanmaydi;

– har bir guruhda 15 nafar o’quvchi bo’ladi. Ular yoshi, darsga kelish imkoniyatiga qarab saralanadi;

– o’quv markaziga o’qishga kirish uchun imtihon topshirilmaydi va nomzodlar sinovdan o’tkazilmaydi;

– bir oy davomida har 1 guruhga 12 ta dars o’tiladi. Undan 6 ta aktyorlik mahorati, 4 ta notiqlik san’ati, 1 ta ijodiy uchrashuv (Xalq artistlari bilan master-klass), 1 ta amaliyot (kamera bilan ishlash, kinojarayonlarda ishtirok etish va h.k.);

– har oyning oxirida o’quvchilar imtihondan o’tkaziladi va reyting balli qo’yiladi.

Olti oylik o’qish tugagandan keyin o’quvchilar ishtirokida aktyorlik mahorati bo’yicha spektakldan parcha, etyud, notiqlik san’ati bo’yicha esa g’azal, masal yoki monolog topshiradi. Imtihonga o’quvchining xohishiga ko’ra ota-onasi, qarindoshlari yoki do’stlari taklif qilinishi mumkin.

– o’quv kursi tugagandan keyin o’quvchiga sertifikat topshiriladi;

– o’quv kurslari bitiruvchilari va ta’lim jarayonidagi o’quvchilar o’z mahoratlaridan kelib chiqib, “Dono Productions” kinokompaniyasi tomonidan suratga olinadigan badiiy fil`mlar, seriallar, musiqiy kliplar, ko’rsatuvlarga taklif qilinadi.

Agar sizda qo’shimcha savollar tug’ilgan bo’lsa, marhamat qilib mana bu raqamga qo’ng’iroq qilishingiz mumkin: (+99871) 239-83-83

Izoh qoldirish

Please enter your comment!
Please enter your name here