Dubaydagi auksionda eng noyob superkarlardan biri sotuvga qo'yildi - Dono.uz

Dubaydagi auksionda eng noyob superkarlardan biri sotuvga qo’yildi

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Dubaydagi virtual auksionda dunyodagi eng noyob superkarlardan biri Gumpert Apollo S sotuvga qo’yildi. Bu haqda The Khaleej Times nashri xabar bermoqda. Umumiy hisobda bu mashinadan 13 dona, sotuvga qo’yilgan qora ranglisidan esa 3 dona ishlab chiqarilgan.

Ushbu model Emirates Auctions auksion uyining intellektual xizmatlarini ilgari surish doirasida Gitex 2017 texnologik ko’rgazmasida namoyish qilinmoqda. Auktsion uyi vitse-prezidenti Umar M.Al-Mannayning aytishicha, Gumpert Apollo S’ning dastlabki narxi kamida 1,5 mln dirhamni (408 ming dollar) tashkil qiladi.

Foto: twitter.com/@skater69412

«Bu modelning BAA va Fors ko’rfazidagi yagona nusxasidir», deb aytdi Al-Mannay.

Foto: twitter.com/@skater69412

Apollo S o’zining kam nusxada ishlab chiqariluvchi superkarlari bilan tanilgan Gumpert Sportwagenmanufaktur GmbH nemis kompaniyasi tomondan ishlab chiqarilgan. Ushbu model quvvati 750 ot kuchini tashkil qiluvchi, 4163 kub santimetrlik dvigatelga ega. Mashina 100 km/soat tezlikka 3 soniyada erishadi. Maksimal tezligi esa 340 km/soat.

Manba: Kun.uz

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Free WordPress Themes