Bosh sahifa Yangiliklar Dunyo mamlakatlari pasportlari atigi to’rt xil rangda ekanini bilasizmi?

Dunyo mamlakatlari pasportlari atigi to’rt xil rangda ekanini bilasizmi?

47
0

Ma`lum bo’lishicha, dunyo mamlakatlaridagi pasportlar asosan 4 xil rangdan birida bo’lar ekan. Har bir mamlakatning fuqaro shaxsini tasdiqlovchi asosiy hujjat rangini belgilashda o’z sababi bor. AdMe nashri shu masalani o’rganib chiqdi. Agar siz aeroportdagi uzoq navbatda kutishlar zeriktirsa, ushbu maqolani bir yodga olib qo’ying.

Eng keng tarqalgan pasport rangi bu qizildir.

Foto: AP

Kommunistik o’tmish yoki hozirda shunday tuzumda yashayotgan mamlakatlarda asosan shu rangdan foydalaniladi. Sloveniya, Xitoy, Serbiya, Rossiya, Latviya, Ruminiya, Polsha, Gruziya kabi davlatlarning pasportlari shu tusda. YeIning Xorvatiyadan boshqa a`zolari qizilning boshqa turdosh tuslaridan foydalanadi. YeI tarkibiga kirmoqchi bo’lgan davlatlar, xususan, Turkiya, Makedoniya va Albaniya ham pasportlari rangini bir necha yil avval qizil rangga almashtirishdi. And tog’i mamlakatlari — Boliviya, Kolumbiya, Ekvador va Peru pasportlari ham xuddi shunday jigarrangda.

 

Keyingi eng tarqalgan pasport rangi ko’k va to’q ko’k tuslaridir.

Foto: Reuters

Ko’k rang «yangi dunyo» timsoli hisoblanadi. Masalan, Karib havzasining 15 mamlakati pasportlari xuddi shu rangda. Janubiy Amerika mamlakatlarining ko’k pasporti savdo ittifoqini anglatadi. Bular Braziliya, Argentina, Paragvay. Birgina Venesuela, garchi shu ittifoqqa kirsa-da, pasporti qizil rangda. AQSh fuqarolarining pasportlari 1976 yildan e`tiboran ko’k rangda.

Yashil tusga keladigan bo’lsak, aksariyat musulmon mamlakatlar, jumladan Marokash, Saudiya Arabistoni, Pokiston va O’zbekiston pasportlari shu rangga bo’yalgan. Yashil rang Muhammad payg’ambar alayhissalomning suyukli rangi hisoblanadi. U hayot va tabiat timsolidir. Shu bilan birga, G’arbiy Afrika mamlakatlari, misol uchun, Burkina Faso, Nigeriya, Niger, Fil suyagi qirg’og’i va Senegal davlatlari pasportlari ham yashil rangga uyqashdir. Bunda, pasportlar G’arbiy Afrika iqtisodiy hamjamiyatini ifodalaydi.

Foto: my.gov.uz

 

Eng kamyob pasport rangi bu qora tusdir.

Foto: Getty Images

Afrikaning Botsvana, Zambiya, Burundi, Gabon, Angola, Chad, Kongo, Malavi kabi davlatlari fuqarolarining pasportlari shunday rangda. Yangi zelandiyalar pasporti ham qora tusda, chunki bu rang Yangi Zelandiya milliy rangi hisoblanadi.

 

Ushbu xaritada mamlakatlar pasport ranglarida ifodalangan

Foto: ADME

Izoh qoldirish

Please enter your comment!
Please enter your name here