Eng boy odamlar reytingi yangilandi - Dono.uz

Eng boy odamlar reytingi yangilandi

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Facebook ijtimoiy tarmog’i asoschisi Mark Tsukerberg eng boy odamlar ro’yxatining 3-o’rniga ko’tarilib oldi. U Bloomberg tomonidan tayyorlanuvchi reytingda amerikalik sarmoyachi Uorren Baffetdan o’zib ketdi.

Bloomberg’ning ma`lum qilishicha, ayni vaqtda Tsukerbergning boyligi 81,6 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Bu esa 81,2 mlrd dollarga ega Baffetnikidan 373 mln dollarga ko’proqdir. Ta`kidlanishicha, Tsukerberg 6 iyunda Facebook aksiyalari narxi 2,4 foizga qimmatlashgandan keyin Baffetni ortda qoldira oldi.

Reytingda hamon Amazon asoschisi Jyeff Bezos yetakchilik qilmoqda, uning boyligi 142 mlrd dollarga baholangan. 2-o’rinni Microsoft asoschisi Bill Geyts 94,2 mlrd dollar bilan egallamoqda.

Ta`kidlanishicha, shu tariqa ilk bor dunyoning eng boy odamlari ro’yxatining eng yuqori 3 pog’onasini o’z biznesini axborot texnologiyalari negizida qurgan tadbirkorlar egallamoqda.

Manba: kun.uz

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.
Free WordPress Themes