Tanishing: Serxio Ramos. Laqabi Tarzan,

1986 yil 30 martda Ispaniyada tug’ilgan. Bo’yi 183,2 sm, vazni 77 kg.

Pozitsiyasi – o’ng qanot himoyasiva markaziy himoya.

ILK FAOLIYAT – ILK OMAD

Ispaniya chempionatining ikkinchi divizionida “Sevilya” jamoasida  2002/03 mavsumida bitta uchrashuvda maydonga tushib, zahirada qolib  ketgan  Ramos  2003/04 yilgi mavsumda asosiy tarkibda o‘ynay boshladi. 2004 yilda  «Sevilya» jamoasi bosh murabbiyi  Xoakin Kaparros Ramosga  asosiy tarkibdan  joy beradi.   Shunday qilib,  Ramos Primerodagi  debyut uchrashuvini  2004 yil  1 fevralda «Deportivo La-Korunya» ga qarshi o‘yinda (0:1) o‘tkazdi.

Shu yil yozda  Serxio ya’ni, 18 yoshida Ispaniya yoshlar terma jamoasida  19 yoshlilar o‘rtasidagi yevropa chempionatida 7 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Eng qizig‘i, shu yilning o‘zida  21 yoshlilar o‘rtasida o‘tgan yevropa chempionatida ham yosh iqtidor egasi 6 ta  o‘yinda qatnashib, barchaning e’tiboriga tushadi. Shuningdek, u  UEFA Kubogi  doirasida  «Zenit»ga qarshi kechgan bahsda ham ishtirok etgan. Mavsum  oxirida Serxio chempionatning  kashfiyoti  sifatida e’tirof etilgan.

2005 yilning 26 martida  Ramos Ispaniya milliy terma jamoasi  tarkibida Xitoy (3:0)ga qarshi kechgan uchrashuvda zahiradan maydonga tushib, o‘z debyutini nishonlagan. O‘shanda futbolchi bor-yo‘g‘i 18 yoshda edi. Bu bilan  Serxio Ispaniya milliy terma jamoasida 1941 yildan keyin harakat qilgan birinchi eng yosh futbolchi bo‘ldi. Undan oldingi o‘yinchi bu darvozabon Xuan Akunya bo‘lgan.  Keyin hech qancha vaqt o‘tmay, JCh-2006 saralash bahslarida ya’ni, Serbiya va Chernogoriya bilan bo‘lgan uchrashuvda Serxio boshlang‘ich tarkibda o‘ynagan. Shu bilan u Luis Aragones jamoasining asosiy himoyachisiga aylangan.

2005 yilning yozida Madridning  «Real» klubi  Ramosni  27 million yevro evaziga qo‘lga kiritdi. Shuningdek, yosh iqtidor egasini  «Barselona» va «Manchester Yunayted» kabi grantlar ham o‘z tarkibida ko‘rishni istashgandi.

Barchasi  shunday boshlangandi:

– Meni milliy terma jamoaga chaqirishdi.  Sumkamga futbol o‘ynash uchun kerak bo‘ladigan narsalarimni olib, terma jamoaning mashg‘ulotiga bordim. Bu yerda hammasini tushunib yetdim va o‘sha kuni uyga qaytmadim. Men soat  23.30 da transfer oynasi yopilayotganda ya’ni yarim tunda shartnomaga imzo chekdim. Bu voqea  hayotimdagi eng unutilmas  voqea bo‘lib qoldi. O‘shanda men uchun yangi hayot boshlangani va men uchun bolalik tugaganini angladim. «Sevilya» va  «Real Madrid» futbolchilari orasida katta farq va katta tajriba bor edi. Men buni yaxshi bilardim. Shu bois, mashg‘ulotlar paytida Raul, Bekxem, Zizu, Iker, Roberto Karlos, Ronaldo  kabi yulduzlarnining harakatlarini  kuzatardim. Ularning barchasi kumirim bo‘lgan.

JCh-2006 dan bir yildan so‘ng, Ispaniya chempionatida  “Real” tarkibida  Serxio faoliyatidagi birinchi katta sovrinni qo‘lga kiritdi. Yevro-2008 musobasining saralash bosqichida  Ramos 12 o‘yindan 11 tasida  to‘p surib, ikkita gol kiritishga muvaffaq bo‘ladi. 2011 yilning 17 mayida  Ramos “Real” bilan amaldagi shartnomasini  2017 yilga qadar uzaytirdi. Unga ko‘ra, futbolchi yiliga  4,5 mln yevro maosh oladi. 2012 yilning 7 yanvarida  Ramos Ispaniya chempionatida  o‘zining  250-uchrashuvini o‘tkazdi.

UNING O’Z USULI BOR

Ramos yoshligidan barcha pozitsiyalarda yaxshi o‘ynardi. Shu boisdan ham «Real» murabbiylari uni har xil nuqtalarda sinab ko‘rishida bu as qotmoqda. Xususan, bir nechta uchrashuvlarda u tayanch yarim himoyasida ham harakat qilgan.  Oxirgi vaqtlarda  Ramos markaziy himoyada a’lo darajada o‘ynamoqda.

RAMOSGA ATALGAN YIL

2013/2014 yilgi mavsumda  aynan Ramosning say harakatlari evaziga “Real Madrid” klubi orziqib kutilgan 10 kubokni qo‘lga kiritdi. Sababi, basklar o‘g‘loni yarim finalda “Bavariya”dek kuchli raqib darvozasiga ikkita gol kiritib, finalda yutqazayotgan jamoasi uchun umid uchqunlarini hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda yoqdi. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham ajoyib o‘yin ko‘rsatgan himoyachi musobaqaning “Oltin to‘p”ini ko‘lga kiritdi.

2014 yil 6 mayda futbolchining hayotida yana bir baxtli kun sifatida qayt etildi. Omadli futbolchi o‘g‘il farzandli bo‘ldi.

Eslatma

“Real Madrid” tarkibida barcha musobaqalarda 427 uchrashuvda 52 tagol urgan. 

Serxio Ramosning  «Real» bilan   2017 yilgacha amal qiladigan shartnomasi bor. Hozirda Ramosni  jamoada olib qolish uchun uning maoshinini fantastik darajada oshirishmoqchi. Ramos jami 10 ta jamoaviy sovrinlarga ega.

Usmon Abdurasulov tayyorladi.

Izoh qoldirish

Please enter your comment!
Please enter your name here