Foto: Amazon’ning robotlashtirilgan ulkan ombori - Dono.uz

Foto: Amazon’ning robotlashtirilgan ulkan ombori

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Business Insider jurnalisti Eyvori Xartmans Amazon xodimlari shikoyatlaridan keyin kompaniyaga qarashli omborlardan biriga tashrif buyurdi.

Foto: Business Insider 

Jurnalist borgan ombor AQShning Kent shahrida (Vashington shtati) joylashgan bo’lib, 92 ming kvadrat metrni egallaydi. Kompaniya xodimlari u yerda haftasiga 4 kun davomida 10 soatdan mehnat qiladilar.

Foto: Business Insider 

Robotlar tovarlarni polga tushirilgan QR-kodlar bo’yicha belgilangan joyga yetkazadi.

Robotlarning harakatlanish jarayoni

Tovarlar qutilari maxsus konveyer tasmasida qadoqlanib, o’lchanadi.

Qutilar turli tezlik bilan harakatlanishi mumkin.

Foto: Business Insider 

Hammasi bo’lib omborda 3 mingga yaqin odam ishlaydi. Jurnalistning aytishicha, kompaniya xodimlari batartib va bamaylixotir ishlaganlar. U xodimlardan birortasi tanaffus qilganini payqamagan, biroq shunga qaramay odamlar xafa yoki asabiy ko’rinmaganlar.

Manba: kun.uz

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.
Free WordPress Themes