Foto: Vertolyotdagi mini-mehmonxona - Dono.uz

Foto: Vertolyotdagi mini-mehmonxona

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Shotlandiyaning Sterling shahriga tashrif buyurganlar avvallari qidiruv-qutqaruv ishlarida qo‘llanilgan haqiqiy vertolyotda 200 dollar to‘lab tunni o‘tkazishlari mumkin, deb xabar berdi TJournal.

Martin Stidman va uning xotini 2016-yilda kimoshdi savdosidan 7 ming dollarga vertolyot sotib olgan va uni manzarali joyga olib kelib o‘rnatgunlaricha 500 kilometr yo‘l bosgan.

Ular yoz oylari davomida vertolyotning tashqi ko‘rinishini qayta tiklai, bunda ba’zi qismlarni eBay’dan sotib olishga ham to‘g‘ri keldi.

Sobiq transport vositasining ichi shunday yoritilganki, vertolyot xuddi parvozga shaydek tasavvur uyg‘otadi. Shu bilan birga uning ichida bir nechta krovat va o‘rindiqlar o‘rnatilgan bo‘lib, u yerda tunashni istagan ikki nafar yoshi katta va uch nafar bolakaydan iborat oila bemalol joylasha oladi. Shuningdek, ushbu mini-mehmonxonada unchalik katta bo‘lmagan oshxona va yuvinish xonasi ham mavjud.

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Foto: TJournal

Manba Daryo.uz

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Free WordPress Themes