Fotogalereya: Amerikaning eng buyuk avtomobillari - Dono.uz

Fotogalereya: Amerikaning eng buyuk avtomobillari

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

“Motor” nashri Amerika avtomobil sanoati tomonidan shu vaqtga qadar ishlab chiqarilgan eng yaxshi mashinalar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.

Hennessey Venom GT

Foto: “Motor”

Ushbu avtomobil Lotus Cars’dan bo‘lgan britaniyalik mutaxassislar yordamida yaratilgan bo‘lishiga qaramay, hozirda u Amerika superkarlari orasida eng ko‘zga tashlanadiganlaridan biri hisoblanadi. Uning maksimal tezligi 435 kilometr/soatga teng. General Motors tomonidan ishlab chiqarilgan LS9 dvigateli 1400 ot kuchiga ega.

Cadillac Eldorado

Foto: “Motor”

Cadillac kompaniyasining 1959 hamda 1960-yillarda ishlab chiqargan Eldorado modeli haqiqiy klassikaga aylangan. Eldorado kabrioletining uzunligi 5,7 metrdan sal ortadi. 6,4 litrli V8 motori 325 ot kuchiga ega.

Ford Model 18

Foto: “Motor”

1932-yildan beri ishlab chiqariladigan, V8 dvigateliga ega Ford Model 18 AQShda ommaviy sotilgan avtomobillarning birinchisi hisoblanadi.

Ford GT40

Foto: “Motor”

Ushbu avtomobil Ferrari faoliyatiga zarba berish maqsadida ishlab chiqarilgan edi. GT40 “Le-Man 24 soat” poygalarida 1966-yildan 1969-yilga qadar o‘z raqiblarini ortda qoldirib, yetakchilik qilgan.

Hozirda Ford ushbu mashinaning uchinchi avlodini ishlab chiqarmoqda.

Duesenberg J

Foto: “Motor”

1929-yilda AQShda Uoll-Strit birjasida sodir bo‘lgan voqea sabab “Buyuk depressiya” boshlangan. Aynan o‘sha vaqtda Duesenberg kompaniyasi J modelini sota boshlagan. 30-yillarda aynan shu model Rolls-Royce’dan ham oldinda turgan va boylik ramzi bo‘lib xizmat qilgan.

Willys MB

Foto: “Motor”

Ushbu avtomobil modelidan Ikkinchi jahon urushi vaqtida 700 ming nusxa ishlab chiqarilgan.

1,2 tonna og‘irlikka ega “Villis” soatiga 105 kilometr tezlikda harakatlana olgan.

Chevrolet Corvette

Foto: “Motor”

Ushbu ikki o‘rindiqli sportkar AQShda General Motors kompaniyasi tomonidan 1953-yilda Chevrolet markasi ostida ishlab chiqarilgan.

Ford Mustang

Foto: “Motor”

1960-yillar o‘rtalarida paydo bo‘lgan ushbu model millionlab avtomobil ishqibozlarining ko‘nglidan joy olgan. Mustang’ning oltinchi avlodi birinchi bor AQShdan tashqarida sotila boshlagan.

Tesla Model S

Foto: “Motor”

O‘zining 14 yillik tarixi davomida Tesla kompaniyasi AQShdagi eng qimmat avtomobil ishlab chiqaruvchilaridan biriga aylandi.

Ford Model T

Foto: “Motor”

1908-yilda ishlab chiqarilgan Model T o‘z davrida oddiy xalq avtomobiliga aylangan. Uning narxi 825 dollar bo‘lib, barcha raqiblaridan ham arzonga sotilgan. U 1927-yilga qadar ishlab chiqarilgan.

Manba: Daryo.uz

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Free WordPress Themes