Futbolda O‘zbekiston doktorlari jahonning to‘rtinchi jamoasiga aylandi - Dono.uz

Futbolda O‘zbekiston doktorlari jahonning to‘rtinchi jamoasiga aylandi

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Avstriya mezbonlik qilgan futbol bo‘yicha shifokorlar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi va unda O‘zbekiston terma jamoasi 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Morell Cup nomini olgan musobaqaning yarim finalida o‘zbekistonlik shifokorlar Chexiyaga qarshi maydonga tushib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Qayd etish kerak, chexlar turnirning amaldagi g‘olibi hisoblanadi.

Bir necha soat oldin musobaqaning 3-o‘rni uchun O‘zbekiston va Shvetsiya termalari saf tortdi. Bellashuv shvedlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.

O‘zbekiston terma jamoasi turnirning “A” guruhidan joy olgan bo‘lib, ilk turda AQShni 4:1 hisobida mag‘lub etgan, keyinroq mezbon Avstriya bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagandi. Braziliya ustidan qozonilgan 2:0 hisobidagi g‘alaba O‘zbekiston terma jamoasiga guruh peshqadamligini taqdim etdi.

Chorak finalda esa Buyuk Britaniya termasi ortda qoldirilgandi — 1:0.

Manba: Daryo.uz

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Free WordPress Themes