Google taqdimoti: Pixel 3 smartfoni, Home Hub "aqlli" ekrani va Slate plansheti - Dono.uz

Google taqdimoti: Pixel 3 smartfoni, Home Hub «aqlli» ekrani va Slate plansheti

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Google kompaniyasi yangi Pixel 3 smartfoni, Home Hub ekranli «aqlli» kolonka va Pixel Slate planshetini taqdim etdi. Made by Google tadbiri translyatsiyasi YouTube orqali namoyish etildi.

Pixel va Pixel 3 XL smartfonlari

Pixel 3 smartfoni — 5,5 dyuymli, Pixel 3 XL esa 6,3 dyuymli displey bilan jihozlangan. Qurilmalarning qolgan xususiyatlari bir-biriga o’xshash: Snapdragon 845 protsessori, 4 Gb operativ xotira, 64 yoki 128 Gb doimiy xotira, 12 Mp asosiy kamera, ikki 8 Mp’li frontal kamera va simsiz zaryadda ishlash imkonini beruvchi shisha ort panel.

Smartfonlar uch xil rangda namoyish qilindi: qora, oq va pushti. Google bayonotiga ko’ra, yangi dinamiklar ikki baravar balandroq jaranglaydi.

Kameraning o’zi s`yomka uchun «to’g’ri» vaqtni tanlay oladi. Yangi Top Shot funksiyasi s`yomka davomida bir necha kadr olib, mashina ta`limi yordamida ularning orasidan eng yaxshisini tanlaydi. Shuningdek foydalanuvchi ham saqlangan kadrlardan birini tanlashi mumkin.

Google shuningdek Night Sight texnologiyasi ishini ko’rsatdi, u mashina ta`limi yordamida yaxshi yoritilmagan xonada olingan suratlar sifatini yaxshilaydi. Super Res Zoom funksiyasi esa yaqin masofadan olingan suratlarni yaxshilaydi.

Yangi AR-stikerlar endi foydalanuvchining xatti-harakatlariga reaksiya qilishi mumkin. Ular Playground loyihasining bir qismiga aylandi.

Pixel 3 va lineykaning undan keyin ishlab chiqariladigan smartfonlari foydalanuvchi o’rniga qo’ng’iroqlarga javob bera oladi.

Kameraga Google Lens ilovasi o’rnatilgan. U yordamida manzillar, telefon raqamlari va narxlar kabi qo’shimcha ma`lumotlarni olish mumkin.

Pixel 3 uchun Pixel Stand simsiz zaryadi ishlab chiqariladi, u telefon o’rnatiluvchi vertikal stend ko’rinishida bo’ladi. Vertikal holat smartfon zaryadkada turganda ham undan foydalanish hamda uni «aqlli» displeyga aylantirish imkonini beradi.

Pixel 3 va Pixel Slate’da xavfsizlik uchun  maxsus Titan chipi javob beradi.

Pixel 3 narxi 799 dollardan (Pixel XL — 899 dollardan) boshlanadi. Pixel Stand simsiz zaryadi esa 79 dollarga tushadi. Sotuvlar 17 oktabrda boshlanadi.

Pixel Slate plansheti

Chrome OS asosidagi Pixel Slate plansheti 293 ppi ekran, old tomonidan ikki dinamika, shuningdek old va orqa tomonlardan bittadan 8 Mp kamera bilan jihozlangan. Yoqish tugmasida qurilmani tez blokdan yechish imkonini beruvchi barmoq izlari skaneri joylashgan.

Google’da ta`kidlanishicha, Chrome OS ham planshet, ham deskpot rejimda ishlash uchun qulay qilib ishlangan.

Pixel Slate plansheti narxi 599 dollardan boshlanadi, uning chiroq va tugmali g’ilofi – 199 dollar, stilus ruchkasi – 99 dollar.

Google Home Hub

Google Home Hub suratlar bilan bir qatorda xarita va kalendarlardagi ma`lumotlarni ko’rsatishi mumkin. Uning yordamida «aqlli» uy qurilmasini – masalan, «aqlli» eshik qo’ng’irog’i yoki termostatni boshqarish mumkin. Taqdimotda shuningdek qurilmaning oshxonada qanday ko’mak berishi mumkinligi ko’rsatib berildi — u YouTube’dan video namoyish qilib, taom tayyorlash retseptini ketma-ketlikda taqdim etdi.

Google Hub kutish rejimida Google Photos suratlarini namoyish qiladi. Live Albums funksiyasi mavjud — oila a`zolaridan birortasining suratini ko’rsatishni so’rash mumkin va Google Hub ularning suratini taqdim qiladi. Tizim Google Photos suratlarini tahlil qilib, albomlarni avtomatik tarzda yangilaydi, «fotoramka» rejimida eng sifatli suratlarni tanlab oladi.

Home Hub to’rt xil rangda sotuvga chiqadi. Xaridorlar qurilma bilan birga YouTube Premium’ga olti oylik obunaga ham ega bo’lishadi.

Qurilma narxi 149 dollarni tashkil qiladi. Google korporatsiyasi 9 oktabrdan Home Hub uchun oldindan buyurtmalar olmoqda.

Manba: kun.uz

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.
Free WordPress Themes