Intellektual rivojlantirish oromgohi iqtidorli o‘quvchiga kuch-g‘ayrat bag‘ishlaydi - Dono.uz

Intellektual rivojlantirish oromgohi iqtidorli o‘quvchiga kuch-g‘ayrat bag‘ishlaydi

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Purviqor tog‘lar bag‘ri ko‘m-ko‘k archazor. Yuksak cho‘qqilar o‘ngiridagi qor quyosh shu’lasida jilolanadi. «Chorvoq” suv ombori mavjlaridan taralayotgan salqin shabada dilga rohat bag‘ishlaydi. Bo‘stonliq tumanidagi ana shunday go‘zal tabiat qo‘ynida joylashgan oromgohlar har qachongidan-da gavjum.

lomlashtirish oromgohida o‘quvchilarning yozgi ta’til davrini mazmunli o‘tkazishi uchun barcha shart-sha­roit yaratilgan. Mazkur intellektual rivojlantirish oromgohida bir guruh o‘g‘il-qizlar qatori bilimlar bellashuvida sovrindor bo‘lgan o‘quvchilar ham maroqli hordiq chiqaryapti. Dam olish maskanining ikkinchi mavsumi ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan marosimda o‘quvchi-yosh­larning bekamu ko‘st ta’lim-tarbiya olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazib, maroqli hordiq chiqarishi uchun barcha zarur imkoniyatlar yaratilgani ta’kidlandi.

— Oromgohimizda 16 iyundan boshlangan to‘rt bos­qichli dam olish mavsumi davom etmoqda, — deydi oromgoh boshlig‘i Yo‘lchiboy Rahimjonov. — Birinchi mavsumda 438 nafar o‘quvchi hordiq chiqargan bo‘lsa, ikkinchi mavsumda ham qariyb shuncha dam oluvchi qabul qilindi. An’anaga ko‘ra, bu yil ham oromgohimiz bilimlar bellashuvi sovrindorlarini o‘z bag‘riga chorladi. Bu yerda o‘quvchilar har bir daqiqani mazmunli o‘tkazayapti. Ikkita suv havzasi, 10 ta to‘garak va turli sog‘lomlashtirish maydonchalari ular ixtiyorida. Tabiat qo‘ynidagi mashg‘ulotlar, mahorat darslari va adabiy kechalar, xullas, tadbirlar ko‘p.

Dam olish maskanini aylanib, to‘garaklar faoliyati bilan tanishish chog‘i chet tilida suhbatlashayotgan ikki qiz e’tiborimizni tortdi.

— Poytaxtlik dugonam Oysha Yusupova bilan nemis tilida gaplashyapmiz, — deydi Quva shahridagi 33-maktab o‘quvchisi Durdona Mirzag‘aniyeva. — Bilimlar bellashuvida g‘olib bo‘lib, chet tilida so‘zlasholmaslik uyat, axir. Oromgohga birinchi kelishim. Bu yerning so‘lim tabiati kayfiyatimizni ko‘taradi.

— Bilimlar bellashuvining rus tili yo‘nalishida 1-o‘rinni egalladim. Muvaffaqiyatga erishishimda ustozlarimning hissasi katta. Ularning ko‘magi bilan bilimdon tengdoshlarim safidan joy olib, “Quyoshli”da dam olish imkoniyatini qo‘lga kiritdim, — deydi Jizzax shahridagi 10-maktab o‘quvchisi Avaz O‘ktamov. — Ta’lim muassasamizda o‘qiydigan Sojida Ergasheva ham shu yerda. U bilimlar bellashuvining ona tili va adabiyot fanidan g‘olib bo‘lgan. Bu yerda har kunimiz unutilmas taassurotlarga boy bo‘lmoqda. Ko‘plab do‘stlar orttirdik. Tengdoshlarimiz bilan turli mavzularda fikr almashayapmiz.

Oromgoh tarbiyalanuvchilari ishtirokida “Fidoying bo‘lgaymiz sening, O‘zbekiston!” mavzusida madaniy-ma’rifiy dastur namoyish etildi. Tog‘ yonbag‘rida jaranglagan kuy-qo‘shiq, raqs va sahna ko‘rinishlari barchaga xushnudlik bag‘ishladi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Free WordPress Themes