Italiyada g‘olib bo‘lgan o‘zbek yoshlari - Dono.uz

Italiyada g‘olib bo‘lgan o‘zbek yoshlari

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.
Italiya davlatining Pezaro shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston Italiya do‘stligi” va dunyo kompozitori J. Rossini tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma va xalqaro tanlovda Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining iqtidorli o‘quvchi yoshlari ham ishtirok etishdi.
Tanlovda o‘nga yaqin davlatlardan kelgan 200 nafardan ortiq iqtidorli yosh ijodkorlar o‘zaro bellashdilar.
IMG_20180512_083506.jpg
O‘quvchilarning texnik mahoratlari, rangtasvir, grafika, chizmatasvir va, ayniqsa, tanlangan mavzu asosida ishlangan kompazitsiyalari yechimini yoritib bera olganliklari bilan hay’at a’zolarini e’tiboriga sazovor bo‘ldilar.
Tanlov hay’ati a’zolari o‘zbekistonlik yosh rassomlar iqtidorini yuqori baholashdi.
Tanlov yakuni bo‘yicha o‘rta guruhda Olimova Shahnoza I o‘rin (rangtasvir), Muxamedjanova Jasmina II o‘rin (rangtasvir), Nasrullayev
Bexruz II o‘rin (rangtasvir), tanlov g‘oliblari bo‘lib qaytishdi.
IMG_20180512_083716.jpg
IMG_20180512_083617.jpg
Manba: uza.uz
Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.
Free WordPress Themes