Jan Reno O‘zbekiston va Rossiya hamkorlikda suratga oladigan filmda suratga tushadi - Dono.uz

Jan Reno O‘zbekiston va Rossiya hamkorlikda suratga oladigan filmda suratga tushadi

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

O‘zbekiston delegatsiyasi Kann xalqaro festivalida Rossiyaning “Renovatsio” kinokompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzoladi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Memorandumga muvofiq, 2018-yilda rossiyalik kinoijodkorlar o‘zbek hamkasblari bilan birga O‘zbekistonda “Xo‘ja Nasriddin” filmini suratga olish ishlarini boshlaydi.

“Renovatsio” kinokompaniyasi prodyuseri Georgiy Malkovning ta’kidlashicha, mazkur filmda rol ijro etish uchun fransiyalik mashhur aktyor Jan Reno ham taklif etilgan va u taklifni ijobiy qabul qilgan.

Qayd etish joizki, “Xo‘ja Nasriddin” loyihasida ijodiy va texnik guruhning yarmini o‘zbekistonlik mutaxassislar tashkil etadi.

Manba: daryo.uz

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.
Free WordPress Themes