Leica’ning birinchi fotokameralaridan biri rekord narxga sotildi - Dono.uz

Leica’ning birinchi fotokameralaridan biri rekord narxga sotildi

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Leica brendining birinchi fotokameralaridan biri Venadagi Westlicht auksionlaridan birida fotoapparatlar uchun rekord qiymatdagi 2,976 mln dollarga sotildi. Bu haqda auksion uy o’z saytida ma`lum qildi.

“Bu rekord qiymat Leica brendi nufuzi muntazam oshib borayotganini namoyish qiladi”, deb aytgan Leica Camera AG nemis kompaniyasi rahbari Andreas Kaufman. Ma`lum qilinishicha, fotoapparatni osiyolik noma`lum xususiy kolleksioner sotib olgan.

Leica Camera AG saytida ma`lum qilinishicha, bu kamera Leica brendi asoschisi Ernst Leytts tomonidan 1923 yilda – Leica’ ilk seriyali apparatlari ishlab chiqarila boshlanishidan 2 yil avval yaratilgan. O’shanda yaratilgan 25 ta fotokameradan faqat uchtasi, jumladan auksionda sotilgani hamon ishchi holatda. Kamera Oakly sport ko’zoynaklari va ekipirovkasi brendi hamda raqamli kinokameralari ishlab chiqaruvchi RED kompaniya asoschisi amerikalik Jyeyms Jannard kolleksiyasida saqlangan.

Auktsion uy ma`lumotlariga ko’ra, bu kamera dunyoda sotilgan eng qimmat fotokamera bo’ldi. Avvalgi rekordchi ham Leica’ga tegishli bo’lib, 2012 yilda Westlicht auksionida 2,66 mln dollarga sotib olingan.

Manba: kun.uz

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Free WordPress Themes