London: O‘zbekiston World Travel Market 2018 xalqaro turizm ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda - Dono.uz

London: O‘zbekiston World Travel Market 2018 xalqaro turizm ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

London shahrida bo‘lib o‘tayotgan World Travel Market (WTM) 2018 Xalqaro Turizm ko‘rgazmasida O‘zbekistonning yagona milliy stendi namoyish qilinmoqda. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.

Qo‘mita, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan tashkillashtirilgan milliy stendda mamlakatimizning turistik yo‘nalishlariga oid qo‘llanmalar, videoroliklar va axborot materiallari taqdim etildi.

WTM 2018 doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi vakillarining xorijiy hamkorlar bilan uchrashuv va muzokaralari rejalashtirilgan.

World Travel Market – jahon turistik bozori maydonidagi eng ahamiyatli hodisalardan biri. 5 noyabr kuni o‘z eshiklarini ochgan uch kunlik yarmarka turistik biznes professionallari uchun uchrashuvlar va rasmiy muzokaralar maydoni sifatida xizmat qiladi. WTM ko‘rgazmasida har yili 80 mingdan ziyod kishi, jumladan, turli mamlakatlar diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, turistik tashkilotlar vakillari, mehmonlar va ishtirokchilar ishtirok etadi.

Manba: kun.uz

Free WordPress Themes