Microsoft Windows Phone’dan voz kechib qo'ya qoldi - Dono.uz

Microsoft Windows Phone’dan voz kechib qo’ya qoldi

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Microsoft ijrochi direktori Jo Belfiorning ma`lum qilishicha, kompaniya Windows 10 Mobile uchun yangi qurilmalar va yangilanishlarni yaratmaydi. Bu haqda u Twitter’da yozgan.

«Albatta, biz platformani qo’llab-quvvatlashda davom etamiz… Xatolarni to’g’rilab boramiz hamda xavfsizlik tizimlari yangilanishlarini chiqarib boramiz va hokazo, – deya ma`lum qildi Belfior. – Lekin yangi funksiyalar va qurilmalarni chiqarish rejalashtirilmagan».

Shuningdek, uning aytishicha, kompaniya ilovalar ishlab chiquvchilarini jalb qilishga harakat qilmoqda: «Biz ularga pul to’laganmiz, ularning o’rniga ilovalarni yaratganmiz». Biroq, foydalanuvchilar sonining kamligi ko’plab kompaniyalar platformaga sarmoya kiritishni istamasligiga olib keldi.

O’tgan yilning may oyida Microsoft mobil bo’linmalardan 1,8 mingdan ziyod xodimni ishdan bo’shatish niyatida ekanini ma`lum qilgandi. Shu bilan bir vaqtda korporatsiya Lumia smartfonlarini chiqarishdan voz kechdi va bor e`tiborini Surface brendi ostidagi yangi mahsulotlar qatoriga qaratdi.

Manba: Kun.uz

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Free WordPress Themes