«Mushukka qarab tur, ikki haftada qaytaman» - jahon chempionatining eng kulgili plakatlari - Dono.uz

«Mushukka qarab tur, ikki haftada qaytaman» – jahon chempionatining eng kulgili plakatlari

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

«Jon, mushukka qarab tur, ikki haftada qaytaman. Seni yaxshi ko’raman».

Plakat va matnli bannerlar — yirik musobaqalar paytida muloqot qilishning asosiy usullaridan biridir. Ularning yordamida muxlislar, sportchilar bir-biri bilan muloqot qilishadi, bayonot berishadi va ko’plab fotokameralar mo’ljaliga tushishadi.

TJ nashri jahon chempionatida namoyish qilingan bir necha kulgili plakatlarni jamlab, nashr qilishga muvaffaq bo’ldi.

«Oyi, xavotir olmang, men yaxshiman» (plakat mualliflari dunyo bo’ylab sayohat qilishadi va kutilmagan joylarda u bilan suratga tushishadi).

«Ikki nafar nemis tentagi bugun jahon chempionlari o’yinini tomosha qilamiz deb o’ylagan edilar» (surat Shvetsiya – Shveytsariya o’yinidan oldin qilingan. Muxlislar bu o’yinda Germaniya ishtirok etishini taxmin qilishgandi).

«Minole, futbolkangni olsam bo’ladimi?» (o’yindan so’ng, Minole qirg’izistonlik bu muxlisni topib, unga futbolkasini sovg’a qildi).

 

«Ajoyib Dzyuba sizlarga g’alaba keltiradi» (islandiyalik muxlislar Rossiya terma jamoasi hujumchisini vikinglar dubulg’asida tasvirlagan).

«Oyi, bu yerdaman». (Polsha – Kolumbiya o’yinidagi muxlis).

«Balki bizda Inesta yoki Ronaldu yo’qdir, ammo katta orzu uchun mo’ljallangan katta qalb bor». (Eron terma jamoasi muxlislari Ispaniyaga qarshi o’yinda).

Manba: kun.uz

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.
Free WordPress Themes