NASA zondi 1,5 km masofadan Bennu asteroidining ajoyib tasvirlarini oldi - Dono.uz

NASA zondi 1,5 km masofadan Bennu asteroidining ajoyib tasvirlarini oldi

NASAning OSIRIS-REx kosmik kemasi eng tor orbita bo‘ylab kosmik kemalar orasida harakatlanmoqda, deya xabar beradi “AstroNews”.

Foto: “AstroNews”

Ushbu qurilma Yerga kosmik jismni batafsil ko‘rsatib beruvchi bir nechta ajoyib fotosuratlar yuborgan.

Ushbu kosmik kema 31-dekabr kuni Bennu deb nomlangan asteroid oldiga orbitaga chiqqan. Bu u qadar oddiy ish emas edi, sababi Bennu orbita uskunasi yordamida o‘rganilgan eng kichik kosmik jism sanaladi. Biroq bu xavfli manyovr shunga arzirdi.

Foto: “AstroNews”

OSIRIS-REx kemasi kosmik jism yuzasidan taxminan 1,5 kilometr balandlikda harakatlanib, asteroidning toshli yuzasining ajoyib ko‘rinishini qayd etmoqda.

Bennu asteroidining yuzasida juda ko‘p miqdordagi nosimmetrikliklar borligining sababi asteroid juda katta hajmdagi kichik toshlarning to‘qnashuvi natijasida shakllangan.

Foto: “AstroNews”

Ushbu maqoladagi birinchi suratda ko‘rsatilgan ikkita tasvir Navigatsiya maqsadlarida ishlatilgan OSIRIS-REx missiyasining asosiy kamerasi bo‘lgan NavCam nomli uskunasi yordamida olingan. 17-yanvar kuni olingan ushbu tasvirlar Bennu asteroidining janubiy qutbini namoyon etmoqda.

Manba: daryo.uz

Free WordPress Themes