ONLAYN: Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ularning ma’lum tadbirlarda ishtirok etishini ta’minlashdan iborat bo‘lmasligi kerak - Dono.uz

ONLAYN: Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ularning ma’lum tadbirlarda ishtirok etishini ta’minlashdan iborat bo‘lmasligi kerak

Bu haqda “Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda yoshlarning roli” mavzuida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro konferensiya doirasida BMT Bosh Kotibining yoshlar masalalari bo‘yicha maxsus vakili Jayatma VIKRAMANAYAKЕ aytib o‘tdi.
Bizning tuzilma yoshlarga nafaqat terroristik aktlarning ishtirokchisi, balki uning oldini olish va qarshi kurashishning muhim sharti sifatida qaraydi. Zero, bugun dunyoda mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyoti, barqaror rivojlanishi va davlat boshqaruvining muhim harakatlantiruvchi kuchlari ham aynan yosh avlod vakillaridir, dedi BMTning yoshlar masalalari bo‘yicha maxsus vakili.
– Bizning bu o‘rindagi vazifamiz, – dedi u, – ularning maqsadiga yetishishi uchun bunday barkamol avlodni zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan xabardorligini oshirishimiz, innovatsion yondashuvlar asosida ta’lim olishlariga ko‘mak berishdan iborat bo‘lishi kerak.
Manba: O’zA
Free WordPress Themes