Osiyo Kubogida ishtirok etadigan terma jamoalar ham ushbu kunlardan unumli foydalanishni maqsad qilgani esa tabiiy. Xususan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi yaqin bir hafta ichida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. 13-oktabr KXDR, 16-oktabr kuni esa Qatarga qarshi bahs olib boriladi. Har ikkala uchrashuv “Milliy” (“Bunyodkor”) stadionida bo‘lib o‘tadi.

16-oktabrga qadar Osiyoning boshqa jamoalari ham o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etishadi. O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogidagi raqibi Yaponiya Panama va Urugvayga qarshi bahs olib borsa, Ummon Ekvador bilan kuch sinashadi. “Championat.asia” nashri esa o‘rtoqlik uchrashuvlar ro‘yxatini taqdim etdi.

11-oktabr, payshanba

  • BAA – Honduras
  • Iroq – Argentina
  • Bahrayn – Suriya
  • Quvayt – Livan

12-oktabr, juma

  • Yaponiya – Panama
  • Janubiy Koreya – Urugvay
  • Qatar – Ekvador
  • Saudiya Arabistoni – Braziliya

13-oktabr, shanba

  • Xitoy – Hindiston
  • O‘zbekiston – KXDR

15-oktabr, dushanba

  • Quvayt – Avstraliya
  • Saudiya Arabistoni – Iroq
  • Xorvatiya – Iordaniya

16-oktabr, seshanba

  • BAA – Venesuela
  • Eron – Boliviya
  • Xitoy – Suriya
  • Yaponiya – Urugvay
  • Janubiy Koreya – Panama
  • O‘zbekiston – Qatar
  • Ummon – Ekvador