Ota 18 oyda qizi uchun «Sehrli daraxt» loyihasini amalga oshirdi (suratlar) - Dono.uz

Ota 18 oyda qizi uchun «Sehrli daraxt» loyihasini amalga oshirdi (suratlar)

Qaysi qizaloq o’zining yotoqxonasida sehrli daraxtni ko’rgisi kelmaydi? Superdada va Reddit’ning radamshome nomi ostidagi foydalanuvchisi ushbu ertaknamo loyihani amalga oshirish uchun 18 oyda 350 soat vaqt va 4250 dollar sarfladi.

Hozir videoo’yinlar sanoatida rassom bo’lib ishlovchi radamshome uchun eng qo’rqinchlisi – qizi 13 yoshga to’lganda bu noan`anaviy tuzilmani o’z xonasidan yo’q qilishni istab qolishi.

Foto: Reddit/Radamshome

1. «Mening qizim o’z xonasida sehrli daraxti bo’lishini, u istagan vaqtida daraxt ichiga kirib kitob o’qishi mumkin bo’lishi haqida orzu qilardi.

Foto: Reddit/Radamshome

2. Men bu loyihani jismonan amalga oshirishga u qadar tayyor emasdim…»

Foto: Reddit/Radamshome

3. Loyihani tugallash uchun 18 oy va 350 soat kerak bo’ldi.

Foto: Reddit/Radamshome

4. Videoo’yinlar sohasida rassom bo’lib ishlovchi Radamshome ishni rasm va model kontseptidan boshladi.

Foto: Reddit/Radamshome

5. U daraxt karkasini yasashi uchun payvandlash saboqlarini olishiga to’g’ri keldi.

Foto: Reddit/Radamshome

6. Taxminan 120-130 soatda metall karkas tayyor bo’ldi.

Foto: Reddit/Radamshome

7. Armaturani to’rsimon qobiq bilan qoplash uchun 50 soatdan ortiq vaqt talab qilindi.

Foto: Reddit/Radamshome

8. Daraxt tanasiga ishlov berishda – maxsus sement aralashmasidan, shoxlari uchun esa – gips, yelimga aralashgan qog’oz massasidan iborat qattiq mustahkam moddadan foydalanildi. Umumiy 225 soat vaqt sarflandi.

Foto: Reddit/Radamshome

9. Miniatyurani yaratishda daraxt uchun qo’llagan usullardan foydalanildi.

Foto: Reddit/Radamshome

10. Shoxlarida ko’plab chiroqlar bor.

Foto: Reddit/Radamshome

11. Detallar va bezaklar art-do’kondan xarid qilingan.

Foto: Reddit/Radamshome

12. Qizcha juda baxtiyor! Daraxt shu qadar mustahkamki, u uch katta yoshli kishini ko’tara oladi.

Manba: kun.uz

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Free WordPress Themes