O‘zbekiston terma jamoasi Mehribonlik uylari o‘rtasidagi Jahon Chempionati yarim finaliga chiqdi (foto) - Dono.uz

O‘zbekiston terma jamoasi Mehribonlik uylari o‘rtasidagi Jahon Chempionati yarim finaliga chiqdi (foto)

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Joriy yilning 10-may kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida Mehribonlik uylari o‘rtasida Jahon Chempionati start oldi.

Foto: O‘FA

Ushbu turnirda tarixda birinchi marotaba O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etishi haqida avvalroq xabar berilgan edi. Mundialda 14-17 yoshdagi futbolchilar ishtirok etmoqda.

Foto: O‘FA

O‘zbekiston terma jamoasi guruhda Pokiston bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi, Rossiyani esa 2:0 hisobida mag‘lub etib guruhdan keyingi bosqichga chiqishga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: O‘FA

Chorak finalda Jamshid Asadov shogirdlari Nepalni 2:1 hisobida taslim qilib yarim finalga yo‘l oldi. Yarim finalda O‘zbekiston termasi Burundi bilan to‘qnash keladi.

Terma jamoa quyidagi tarkibda musobaqada ishtirok etmoqda:

Darvozabon

Islamov Sergey

Himoyachilar

Shaplov Danil

Ochilov Jahongir

Ergashboyev Toir

Yarim himoyachi

Kotov Ruslan

Karaxanyan Ruslan

Esenbayev Aziz

Shamshilov Edgar

Hujumchi

Son Salim

Bosh murabbiy: Asadov Jamshid

Manba: daryo.uz

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.
Free WordPress Themes