“Paxtakor” 8 ta gol urilgan o‘yinda “Buxoro”ni tor-mor qildi, “Bunyodkor” esa “Lokomotiv” bilan durang o‘ynadi - Dono.uz

“Paxtakor” 8 ta gol urilgan o‘yinda “Buxoro”ni tor-mor qildi, “Bunyodkor” esa “Lokomotiv” bilan durang o‘ynadi

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Bugun, 5-noyabr sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasining 29-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Foto: PFL

Xususan, “Paxtakor” safarda “Buxoro”ga qarshi maydonga tushib, mezbonlar darvozasiga 6 ta gol urishning uddasidan chiqdi. “Buxoro” esa faqat 2 ta gol bilan javob qaytara oldi, xolos.

Chempionlik uchun kurashayotgan “Lokomotiv” esa “Bunyodkor” maydonida mehmon bo‘lib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi. “Qaldirg‘ochlar” safida Azizbek Haydarov va Sardor Sobirxo‘jayev o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, “temiryo‘lchilar”dan Marat Bikmayev hamda Oleg Zoteyev gol urishga erishdi.

Quyi oltilikda Superligada jon saqlash uchun bahs olib borayotgan “Qo‘qon-1912” jamoasi esa “Qizilqum” bilan kurash olib borib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Yuqori oltilik

Quyi oltilik

Pepsi Superliga

29-tur bellashuvlari

4-noyabr, yakshanba

“Nasaf”—“Neftchi” 2:0

Gollar: 1:0 — 9 Sharof Muhitdinov, 2:0 — 54 Dilshod Saitov.

“So‘g‘diyona”—AGMK 1:0

Gol: 1:0 — 45 Oybek Nurmatov.

“Metallurg”—“Navbahor” 1:0

Gol: 1:0 — 47 Islom Isoqjonov.

5-noyabr, dushanba

“Buxoro”—“Paxtakor” 2:6

Gollar: 0:1 — 3 Dragan Cheran, 0:2 — 33 Ismoil Gonsalvesh, 0:3 — 40 Ismoil Gonsalvesh, 0:4 — 60 Tiago Bezerra, 1:4 — 61 Akobir To‘rayev, 2:4 — 73 San’at Shixov, 2:5 — 77 Farrux Sayfiyev, 2:6 — 90+4 Jamshid Iskanderov.​

“Bunyodkor”—“Lokomotiv” 2:2

Gollar: 0:1 — 39 Marat Bikmayev, 1:1 — 41 Azizbek Haydarov, 2:1 — 67 Sardor Sobirxo‘jayev, 2:2 — 82 Oleg Zoteyev.​

“Qo‘qon-1912”—“Qizilqum” 2:1

Gollar: 0:1 — 20 Ivan Nagayev, 1:1 — 45 Murod Xolmuhammedov, 2:1 — 77 Jasur Hakimov.​​

Manba: daryo.uz

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.
Free WordPress Themes