“PROlogue — 2018” xalqaro kino festivali g‘olib va sovrindorlari aniqlandi (foto va video) - Dono.uz

“PROlogue — 2018” xalqaro kino festivali g‘olib va sovrindorlari aniqlandi (foto va video)

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida to‘rt kun davom etgan “PROlogue — 2018” xalqaro kino festivali g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash hamda tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ikki qismga bo‘lingan mazkur tadbirdan jurnalist Feruz Muhammad “Daryo” uchun maxsus reportaj tayyorladi.

Foto: “PROlogue” xalqaro kinofestivali arxivi.

Tadbirning ikkinchi qismida festival g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro kinofestivalning “Eng yaxshi qisqa metrajli film” nominatsiyasida Janubiy Koreyalik rejissor Chong Gil Xan 2018-yilda suratga olingan “Mening ismim” deb nomlangan qisqa metrajli filmi bilan g‘olib deb topildi.

Foto: “PROlogue” xalqaro kinofestivali arxivi.

“PROlogue — 2018”da “Eng yaxshi milliy qisqa metrajli film” nominatsiyasi g‘olibi rejissor Shokir Xoliqovning “Choy” deb nomlangan kartinasi bo‘ldi.

Foto: “PROlogue” xalqaro kinofestivali arxivi.

“Eng yaxshi ssenariy” nominatsiyasi Klod Le Peyp hamda Yuber Sharuellarning “Kichkina fermer” filmiga nasib etdi. Ushbu film Fransiyalik rejissor Yuber Sharuel tomonidan 2017-yilda suratga olingan.

“PROlogue — 2018”ning “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasi o‘zbek rejissorining filmida bosh rolni ijro etgan aktrisaga nasib etdi. Bu nominatsiya g‘olibi rejissor Sarvar Karimovning “Sarvqomat dilbarim” kartinasida bosh rolni ijro etgan Madina Talipbek bo‘ldi. Ushbu kartina O‘zbekiston va Qirg‘iziston kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan bo‘lib, xalqaro kinofestivalda O‘zbekiston nomidan ishtirok etgan yagona to‘liq metrajli badiiy film edi.

Festival mehmonlari intizorlik bilan kutgan “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasi esa rejissor Temirbek Birnazarov tomonidan suratga olingan “Tungi avariya” filmi bosh rol ijrochisi Akilbek Abdikalikovga nasib etdi.

“Eng yaxshi operator” deya Eronlik operator Mohammed Fakuri rejissor Sattar Chamani Golning “Golnesa” filmi uchun taqdirlandi.

Foto: “PROlogue” xalqaro kinofestivali arxivi

Xalqaro kinofestival hakamlari “Eng yaxshi rejissor” nominatsiyasi g‘olibi deya “Meni yolg‘iz qoldirma” kartinasi rejissori Ayda Begichni e’lon qilishdi. “PROlogue — 2018”da Ayda Begich “Eng yaxshi film uchun Gran Pri” mukofotiga ham loyiq ko‘rildi.

Foto: “PROlogue” xalqaro kinofestivali arxivi.

“Milliy kinematografiyani rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun”– rejissor Qamara Kamalova, O‘zbekiston xalq artisti, aktyor Po‘lat Saidqosimovlar ham taqdirlanishdi.

Foto: “PROlogue” xalqaro kinofestivali arxivi.

“Jahon kinematografiyasni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” uchun esa Rossiyalik rejissor Vladimir Menshov taqdirlandi.

Foto: “PROlogue” xalqaro kinofestivali arxivi.

“Qisqa metrajli filmlar xalqaro hakamlar hay’atining maxsus sovrini” “Ustoz” filmi rejissor Mars Orinbasarov hamda “Asan” filmi rejissori Berik Jahanovlarga nasib etdi.

Foto: “PROlogue” xalqaro kinofestivali arxivi.

PROlogue IV Xalqaro kino festivali O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan “O‘zbekkino“ milliy agentligi, Toshkent shahar hokimligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, Yosh kinematograflar kengashi, O‘zbekiston milliy kinokomissiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Manba: daryo.uz

Free WordPress Themes