Ravshan Ermatov Xitoy Superligasi o'yinlarini boshqarmoqda - Dono.uz

Ravshan Ermatov Xitoy Superligasi o’yinlarini boshqarmoqda

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Jahon chempionatlarida o’yinlarni boshqarish bo’yicha rekordchi hisoblangan Ravshan Ermatov o’z guruhi bilan ayni damda Xitoyda bo’lib turibdi.

O’FA rasmiy saytida keltirilishicha, kecha u Xitoy Superligasining eng muhim bahslaridan biri bo’lgan «Changchun Yatay» va «Xebey Chayna Forchun» jamoalari o’rtasidagi bellashuvni boshqardi. Bahs 2-2 hisobidagi jangovar durang bilan nihoyasiga yetdi.

Yon hakamlar Abduhamidillo Rasulov va Sanjar Shoyusupovlardan iborat Ravshan Ermatov jamoasi keyingi turdan o’rin olgan «Guanjou Evergrand» – «Shanxay Shenxua» o’rtasidagi uchrashuvda ishlash uchun ham taklif olgan. Mazkur o’yin 2 sentabr kuni bo’lib o’tadi.

Manba: kun.uz

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.
Free WordPress Themes