Rossiyadagi talabalarga hech qanday to‘siqlarsiz o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirish imkoniyati berilishi mumkin - Dono.uz

Rossiyadagi talabalarga hech qanday to‘siqlarsiz o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirish imkoniyati berilishi mumkin

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 16-noyabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida joriy yildan boshlab O‘zbekistondagi OTMlarga qabul jarayonlari mutlaqo yangi tizimda o‘tishidan allaqachon xabaringiz bo‘lsa kerak, deb yozadi bloger Xushnudbek Xudayberdiyev.

Bugungi kunda yuqoridagi Prezident qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida bir qator normativ-hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritilishi kutilmoqda.

Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, shunday o‘zgarishlardan biri xorijdagi OTMlarda tahsil olayotgan O‘zbekiston yoshlarining O‘zbekistonga o‘qishini ko‘chirish jarayonlarida ham rejalashtirilmoqda.

Xususan, xalqaro tan olingan tashkilotlarning reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatiga kiritilgan Rossiya davlat oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan talabalarning arizalariga muvofiq o‘qishini sinovlarsiz to‘lov-kontrakt asosida ko‘chirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Agar ushbu yangi tartib joriy etiladigan bo‘lsa, unda kuchli 1000 talikdan joy egallagan Rossiyadagi OTMlarda tahsil olayotgan talabalar hech qanday to‘sqinliklarsiz, shunchaki ariza berish orqali o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirishlari mumkin bo‘ladi.

O‘qishini ko‘chirishni istagan talaba yo‘nalishi to‘g‘ri keladigan istalgan OTMni tanlashi mumkin bo‘ladimi yoki bunga ham qandaydir cheklovlar bo‘ladimi (masalan, faqat doimiy propiskada bo‘lgan hududdagi OTMga), bu hozircha aniq emas.

Mushtariylarni yana bir savol qiziqtirishi mumkin, ya’ni aynan qaysi xalqaro reyting asos qilib olinadi? Hozircha bu ham aniq emas, lekin imtihonsiz nostrifikatsiya bilan bog‘liq avvalgi amaliyotdan kelib chiqilsa, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Davlat test markazining qo‘shma qarorida uchta xalqaro tashkilot reytinglari hisobga olinishi belgilab qo‘yilgan edi. Bular:

1) QS – Quacquarelli Symonds;

2) ARWU –  The Academic Ranking of World Universities;

3) THE – Times Higher Education.

Shuni inobatga olib, yuqoridagi uchta xalqaro reytingda kuchli 1000 talikka kirgan Rossiya OTMlari ro‘yxati quyidagicha bo‘ladi. Mabodo qaror tasdiqlansa, unda Rossiyaning quyidagi 27 ta OTMlaridan o‘qishni imtihonsiz ko‘chirish mumkin bo‘ladi:

Manba: Daryo.uz

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Free WordPress Themes