Ruslan Nuriddinovning tengi topilmadi. Rekord va oltin - Dono.uz

Ruslan Nuriddinovning tengi topilmadi. Rekord va oltin

O’zbekistonlik og’ir atletikachi, Rio olimpiadasi chempioni Ruslan Nuriddinov Osiyo o’yinlari g’olibiga aylandi.

105 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Ruslan Nuriddinov 421 kg (dast ko’tarishda 191kg, siltab ko’tarishda 230 kg) natija qayd etib, birinchi o’rinni egalladi va O’zbekiston delegatsiyasi hisobiga navbatdagi oltin medalni qo’shib qo’ydi.

Foto: Hasan Pirmuhammedov

Qayd etish kerakki, Ruslan o’z natijasi bilan Osiyo o’yinlari rekordini ham yangiladi.

Bu O’zbekistonning Osiyo o’yinlari tarixidagi og’ir atletika buyicha ilk oltin medalidir.

Foto: Hasan Pirmuhammedov

Ikkinchi va uchinchi o’rinlarni iroqlik Salvan Jasim Abbod Alafuriy (405 kg) va eronlik Ali Hoshimiy (403 kg) egalladi.​

Foto: Hasan Pirmuhammedov
Foto: Hasan Pirmuhammedov

Nuriddinovga oltin medalni O’zbekiston milliy olimpiya qo’mitasi prezidenti Umid Ahmadjonov topshirdi.

Foto: Hasan Pirmuhammedov
Foto: Hasan Pirmuhammedov

Bundan avvalroq 75 kg vazn toifasida ishtirok etgan Omadoy Otaqo’ziyeva 237 kg natija qayd etib (dast ko’tarishda 101, siltab ko’tarishda esa 136), kumush medal sohibasiga aylangandi.

Endilikda O’zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 27taga yetdi – 6 oltin, 11 kumush va 10 bronza. O’zbekiston hamon umumiy reytingda 10-o’rinda qolmoqda.

Manba: kun.uz

Free WordPress Themes