Shavkat Mirziyoyev kelasi hafta Hindistonga boradi - Dono.uz

Shavkat Mirziyoyev kelasi hafta Hindistonga boradi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Xalqaro press-klubning navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Ne’matovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti Hindistonning Gujarat shtatiga boradi. Tashrif bir haftadan so‘ng – taxminan 17-18 yanvar kunlari amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, Gujarat shtatida ishbilarmonlik sammiti va ko‘rgazma tashkil etiladi. Ko‘rgazma farmatsevtika mahsulotlari va yengil sanoat sohasiga bag‘ishlangan bo‘ladi. Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston ko‘rgazmasiga taxminan 4 mingga yaqin kishining tashrif buyurishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 30 sentabr – 1 oktabr kunlari Hindistonda tashrif bilan bo‘lgandi. Tashrif davomida O‘zbekiston prezidenti Hindiston rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston prezidenti joriy yilning 20-22 yanvar kunlari Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif buyuradi. 

Manba: kun.uz

Free WordPress Themes