Shavkat Mirziyoyev: Maktabda o‘qishni davom ettirish yoki kollejga o‘tishni o‘quvchining o‘zi tanlasin - Dono.uz

Shavkat Mirziyoyev: Maktabda o‘qishni davom ettirish yoki kollejga o‘tishni o‘quvchining o‘zi tanlasin

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yunusobod kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kollejida 11 yillik maktab ta’limini tashkil etish loyihasi taqdimoti bilan tanishdi. O‘zAning xabar berishicha, tadbirda kollej joylashgan Islomobod mahallasi faollari, ota-onalar ishtirok etgan.

11 yillik maktablarda o‘quv dasturlarini puxta ishlab chiqish, ularni sifatli adabiyotlar bilan ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

Yurtimizdan dunyo ilm-fani taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk mutafakkirlar yetishib chiqqan. Yoshlarimizni ularga munosib ma’rifatli, ilmli qilib tarbiyalashimiz lozim. Bunda maktab tarbiyasi alohida o‘rin tutadi.

Maktabda o‘quvchi ma’lum muhitda shakllanadi. O‘qituvchi va ota-onasining doimiy nazoratida bo‘ladi. Maktabdan so‘ng kollej yoki litseyda – boshqa muhit. Shuning uchun ota-onalar, keng jamoatchilik fikri, taklifi asosida 11 yillik maktab ta’limi qayta yo‘lga qo‘yilmoqda.

Maktabda o‘qishni davom ettirish yoki kasb-hunar kollejiga o‘tish o‘quvchining ixtiyorida. O‘zi tanlasin, muhimi, ularni tarbiyali, ota-onasini hurmat qiladigan, vatanparvar qilib voyaga yetkazishimiz kerak.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Qayd etishlaricha, o‘quvchilar maktab qoshida yoki yaqin atrofdagi kasb-hunar kollejida tashkil etiladigan o‘quv ishlab-chiqarish majmualarida haftasiga bir marta turli mutaxassisliklarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Manba: Daryo.uz

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Free WordPress Themes