Superliga. «Bunyodkor» – «Lokomotiv» uchrashuvidan fotogalereya - Dono.uz

Superliga. «Bunyodkor» – «Lokomotiv» uchrashuvidan fotogalereya

5 noyabr kuni «Milliy» stadionda O‘zbekiston Superligasining 29-turi doirasidan o‘rin olgan «Bunyodkor» «Lokomotiv» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi. Qiziqarli o‘tgan futbol bahsida hisobni mehmonlar ochishdi — Marat Bikmayev 40-daqiqada ilk golni urdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, «qaldirg‘ochlar»ning markaziy yarimhimoyachisi Aziz haydarov hisobni tenglashtirdi — 1:1.

Tanaffusdan so‘ng o‘n besh daqiqa o‘tar o‘tmas «qaldirg‘ochlar» Sardor Sobirxo‘jayevning goli sharofati bilan hisobda oldinga o‘tib olishdi — 2:1.

O‘yinning asosiy vaqti tugallanishiga 9 daqiqa qolganida Oleg Zoteyev hisobni tenglashtiruvchi to‘pni mezbonlar darvozasiga joyladi — 2:2.

Mazkur o‘yindan so‘ng «Lokomotiv» OChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan O‘zbekistonning ikkinchi klubi bo‘ldi. «Temiryo‘lchilar» eng kamida OChL pley-offida o‘ynaydigan bo‘lishdi. Agar ular chempionlikni rasmiylashtirishsa, OChLni to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichidan boshlashadi.

O‘yinni kuzatib borgan «Tribuna.uz» fotomuxbiri undagi eng asosiy lahzalarni raqamli xotiraga muhrlab qo‘ydi.

Manba: kun.uz

Free WordPress Themes