Mirziyoyev - Dono.uz

Teg arxivlari: Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga jo’nab ketdi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 oktabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Rossiya Federatsiyasining Sochi shahriga jo’nab ketdi. Bu haqda O’zA xabar bermoqda. Majlisda MDHga a`zo mamlakatlar davlat rahbarlari ko’p qirrali hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilishi, mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi masalalar yuzasidan fikr almashishi,…

http://dono.uz/shavkat-mirziyoyev-rossiyaga-jonab-ketdi/

17 yil ichida birinchi marta. Mirziyoyevning Bishkekka tashrifi tafsilotlari

Qirg’iziston prezidenti devonining tashqi siyosat bo’limi rahbari Oyzoda Subakojoyeva Shavkat Mirziyoyevning Bishkekka tashrifi tafsilotlari bilan o’rtoqlashdi. Tashrif 5-6 sentabr kunlari amalga oshiriladi. Ta`kidlab o’tish lozim, O’zbekiston prezidenti 17 yil ichida birinchi bor Qirg’izistonga davlat tashrifi bilan keladi. Oyzoda Subakojoyevaning aytishicha, tashrif doirasida Mirziyoyev Qirg’iziston prezidenti Almazbek Atamboyev bilan tor doirada va keng tarkibda uchrashuv o’tkazishi…

http://dono.uz/17-yil-ichida-birinchi-marta-mirziyoyevning-bishkekka-tashrifi-tafsilotlari/

Angliyada Mirziyoyevning nutqi nashr qilindi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Ijtimoiy barqarorlikni ta`minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi» mavzusiga bag’ishlangan anjumanda (Toshkent, 2017 yil 15 iyun) so’zlagan nutqida tilga olingan g’oya va fikr-mulohazalar xorijiy mamlakatlarda ham katta qiziqish uyg’otdi. O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan davlat rahbarining mazkur nutqi xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy-akademik va ekspert-tahlil doiralari o’rtasida arab…

http://dono.uz/angliyada-mirziyoyevning-nutqi-nashr-qilindi/

Mirziyoyev: Karimov maqbarasini Milliy gvardiya faxriy qorovuli doimiy ravishda qo’riqlaydi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 aprelda joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Samarqand viloyatiga tashrif buyurgani haqida avval xabar berilgan edi. Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifini Hazrati Xizr majmuasida qo’nim topgan O’zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat etishdan boshladi hamda bu yerda…

http://dono.uz/mirziyoyev-karimov-maqbarasini-milliy-gvardiya-faxriy-qorovuli-doimiy-ravishda-qoriqlaydi/

Mirziyoyev ramziy tugmani bosdi: Navoiyda oltin qazish zavodi qurilishi boshlandi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy davlat konchilik institutiga tashrif buyurdi. O’zA xabariga ko’ra, bu yerda Auminzo-Amantoy oltin konlari negizida Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 5-gidrometallurgiya zavodi qurilishining boshlanishiga bag’ishlangan tantanali marosim bo’lib o’tdi. Mamlakatning barcha sanoat tarmoqlarida bo’lgani kabi Navoiy kon-metallurgiya kombinatida ham modernizatsiya ishlari olib borilmoqda. Prezident tashabbusi bilan 2017-2026 yillarda kombinatda 27 loyiha amalga oshirilishi…

http://dono.uz/mirziyoyev-ramziy-tugmani-bosdi-navoiyda-oltin-qazish-zavodi-qurilishi-boshlandi/

Karimov va Mirziyoyev 2016 yilning eng muhim shaxslari ro’yxatidan joy oldi

O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov va davlatimizning saylangan rahbari Shavkat Mirziyoyev 2016 yildagi xalqaro hayotning eng muhim 40 shaxsi ro’yxatidan joy oldilar. U Ispaniyadagi eng yetakchi tahlil markazlaridan biri – Barselona xalqaro munosabatlar Markazi tomonidan chop etilgan. Bu haqda «Jahon» axborot agentligi xabar berdi. Har yili tuziladigan ro’yxatga dunyodagi eng yirik siyosat va jamoat…

http://dono.uz/karimov-va-mirziyoyev-2016-yilning-eng-muhim-shaxslari-royxatidan-joy-oldi/

Atamboyev: Shavkat Mirziyoyev 15 yil ko’rmagan akamni topishga yordam berdi

O’zbekiston va Qirg’iziston prezidentlari o’rtasidagi do’stona munosabatlar har ikki davlat rahbari ham bosh vazir bo’lgan paytlaridan ancha avval boshlangan. Qirg’iziston prezidentining ta`kidlashicha, u Shavkat Mirziyoyevning yordamini hech qachon unutmagan. Ma`lum bo’lishicha, O’zbekiston rahbari Almazbek Atamboyevga katta akasini topishda ko’mak bergan va ularning ko’p yildan so’ng uchrashishlariga katta hissa qo’shgan. https://www.youtube.com/watch?v=jxCSphbgdSA

http://dono.uz/atamboyev-shavkat-mirziyoyev-15-yil-kormagan-akamni-topishga-yordam-berdi/

Bosh vazir virtual qabulxonasi prezident virtual qabulxonasiga aylantirildi

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga virtual qabulxona orqali murojaatlar yo’llashda davom etish mumkin. Ma`lum qilinishicha, PM.gov.uz O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasiga aylantirildi. “PM” qisqartmasini endi “Prezidentga Murojaat” deb ta`riflasa bo’ladi. Hozirgi vaqtda ushbu portalning 3 oylik ishlash tajribasidan kelib chiqib murojaatlarni ko’rib chiqishni yanada takomillashtirish bo’yicha tegishli Prezident qarorlari loyihalari tayyorlanmoqda”, deyilgan xabarda. Bundan oldinroq,…

http://dono.uz/bosh-vazir-virtual-qabulxonasi-prezident-virtual-qabulxonasiga-aylantirildi/
Free WordPress Themes