Tashkent City ilk bor Scorpion trillerida namoyish etiladi - Dono.uz

Tashkent City ilk bor Scorpion trillerida namoyish etiladi

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Rejissor Muxlisa Azizova tomonidan suratga olingan Scorpion filmi taqdimoti 2018-yil kuzida Toshkentdagi Prologue xalqaro kinofestivali doirasida boʻlib oʻtadi. Bu haqda Yoshlar ittifoqi xabar berdi.

Foto: Yoshlar ittifoqi

Syujet boʻyicha filmdagi voqealar 2021-yilda, innovatsion gigant qurilishi tugallangan vaqtda sodir boʻladi. Shuning uchun ham ijodiy guruh tomonidan Tashkent City direksiyasi bilan hamkorlikda 3D texnologiyadan foydalangan holda, ekranda ishbilarmonlar markazining koʻchalari va shohkoʻchalarini aks ettirishga qaror qilindi.

Tasvirga olish ishlari shu yilning mart oyida boshlangan boʻlib, ular Toshkent va Buxoro shaharlari, shuningdek Rossiya va Marokashda boʻlib oʻtdi. Kartinaning yaratilishida mashhur chet el mutaxassislari, jumladan, germaniyalik operator Maks Tsui, turkiyalik aktyor Murat Yildirim ishtirok etdi. Filmda ovoz rejissori vazifasini AQShlik Gerri Burjua bajardi.

Foto: Yoshlar ittifoqi

Ayni vaqtda filmni tasvirga olish ishlari yakunlangan va “Mosfilm” kinokonsernida lentaning postprodakshn jarayoni amalga oshirilmoqda.

Scorpion trilleri Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamda Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan taqdim qilinmoqda.

Manba: daryo.uz

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.
Free WordPress Themes