Tesla avtopiloti to'liq avtonom bo'ladi - Dono.uz

Tesla avtopiloti to’liq avtonom bo’ladi

Avgustda Tesla kompaniyasi o’z elektromobillarida qo’llanuvchi Autopilot tizimi dasturiy ta`minotini 9-versiyasigacha yangilamoqchi. Bu haqda kompaniya rahbari Ilon Mask tvitterda ma`lum qildi.

Mask hozirda yarimavtonom hisoblanuvchi avtopilot bilan bog’liq muammolardan shikoyat qilgan foydalanuvchining savollariga javob berib, dasturning to’liq avtonom versiyasi avgustda chiqishini ma`lum qilgan.

Biroq Mask AQSh yo’llarida o’zi boshqariluvchi avtomobillar paydo bo’lishini tezlashtira oluvchi tizim haqida tafsilotlarga berilmagan.

Avvalroq Mask o’zi boshqariluvchi avtomobillar bilan bog’liq baxtsiz hodisalarga haddan ziyod ko’p e`tibor qaratilayotganidan shikoyat qilib, bunday mashinalar haydovchilardan ancha xavfsizroq bo’lishini aytgandi.

“Tesla mashinasining avariyaga uchrashi to’piq suyagining sinishiga olib kelgani gazetalarning birinchi sahifasida chiqishi, biroq o’tgan yil avtohalokatlarda 40 ming kishi hayotdan ko’z yumgani haqida deyarli hech narsa aytmaslik mutlaqo noto’g’ri”, deb yozgan Mask.

Manba: kun.uz

Free WordPress Themes