Toshkent davlat pedagogika universiteti Shanxaydagi universitet bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi - Dono.uz

Toshkent davlat pedagogika universiteti Shanxaydagi universitet bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Shanxay shahrida Sharqiy Xitoy pedagogika universiteti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda “Jahon” agentligi xabar bermoqda.

Mazkur voqea ikki oliygohning talabalar va professor-o‘qituvchilar tarkibi almashinuvi, tadqiqot materiallarini chop etish, o‘zaro ilmiy konferensiyalar va simpoziumlarda ishtirok etish borasidagi hamkorligini boshlab berdi.

Sharqiy Xitoy pedagogika universiteti qoshidagi Xalqaro munosabatlar va mintaqaviy taraqqiyot instituti rahbari o‘rinbosari Bey Venlining fikricha, mazkur memorandum O‘zbekiston ham, Xitoy ham ta’lim sohasida o‘zaro aloqalarni chuqurlashtirishga intilayotganligini tasdiqlaydi.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Free WordPress Themes