Toshkentda yana bir golf klubi quriladi - Dono.uz

Toshkentda yana bir golf klubi quriladi

Toshkentda yana bir golf klubi barpo etiladi, deya xabar beradi Davlat turizm qo’mitasi matbuot xizmati.

Loyiha bilan Koreyaning Land Master kompaniyasi shug’ullanadi. Uning prezidenti Be Sang Ron O’zbekistonga tashrif bilan keldi.

Qo’mita raisining birinchi o’rinbosari Ulug’bek Qosimxo’jayev Be Sang Ron bilan nafaqat golf klubining qurilishi, balki sayyohlik sohasidagi hamkorlikning boshqa yo’nalishlari bo’yicha amaliy masalalarni muhokama qildi. Misol uchun, mehmon uylarini qurish.

Foto: Davlat turizm qo’mitasi matbuot xizmati
Foto: Davlat turizm qo’mitasi matbuot xizmati

Shu yerda xorijiy sarmoyadorlar uchun taqdim etiladigan imtiyoz va preferensiyalar haqida ham ma`lumot berildi.

Xabar qilinishicha, golf klubining loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Toshkentda Korean Town paydo bo’lishi xabar qilingandi.

Manba: kun.uz

Free WordPress Themes