"Turkiston" saroyida "Eng namunali oila" ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi - Dono.uz

«Turkiston» saroyida «Eng namunali oila» ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Toshkent shahar hokimligi, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilgan tanlovda tuman bosqichida g‘olib topilgan oilalar ishtirok etdi. 

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, shahar xotin-qizlar qo‘mitasi raisi F.Abdurahimova va boshqalar mamlakatimizda oilalar mustahkamligini ta’minlash, ularni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash, manfaatlarini himoyalash masalalari davlatimizning doimiy e’tiborida ekanini ta’kidladi.

«Eng namunali oila» ko‘rik-tanlovidan ko‘zlangan asosiy maqsad ham yoshlarning oila, jamiyat, Vatan oldidagi mas’uliyatini oshirish, ibratli an’ana va qadriyatlarimizning bardavomligini ta’minlash, namunali oilalarni keng targ‘ib etishdan iboratdir.

"Turkiston" saroyida "Eng namunali oila" ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi

Tanlov jarayonida ishtirokchilar «Oilalarning tanishtiruv-taqdimoti», «Biz – kitobxon oilamiz», «Oila mustahkamligi – yurt tinchligi» kabi shartlar asosida o‘z salohiyatini namoyish etdi. Ularning oilalar mustahkamligini ta’minlashning asosiy omillari, farzandlarni yot va zararli illatlardan ishonchli himoyalash, kitobxonlikni targ‘ib etish, yoshlarni yurtimizdagi tinch va osoyishta hayotning qadriga yetish, shukronalik tuyg‘usi bilan yashashga chorlovchi bilimlariga, bu yo‘nalishda mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi «O‘zbekiston» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat etayotgan Bahodir hamda Zamiraxon Qodirovlar oilasi birinchi o‘ringa munosib topildi. Ular «Eng namunali oila» ko‘rik-tanlovining mamlakat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Manba: O’zA

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Free WordPress Themes