Bosh sahifa Yangiliklar «Uzbek Tigers» bokschilari «China Dragons» jamoasini yenga oladimi?

«Uzbek Tigers» bokschilari «China Dragons» jamoasini yenga oladimi?

30
0

18 mart kuni Toshkent shahrida Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi – AIBA shafeligida tashkil etilgan The World Series Boxing (WSB) – Butunjahon boks seriyalari yettinchi mavsumi doirasida «Uzbek Tigers» – «China Dragons» jamoalari o’rtasida to’rtinchi tur uchrashuvi o’tkaziladi.

Bugungi uchrashuv har ikki jamoa vakillari uchun o’ta muhim hisoblanadi. Chunki «S» guruhidan o’rin olgan to’rt jamoaning barchasi pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatiga ega.

«Uzbek Tigers» – «China Dragons» uchrashuvi oldidan Sports.uz muxbiri ringga chiqadigan bokschilardan uch nafari – O’zbekiston chempionatlari sovrindori Abrorjon Qodirov, Olimpiya o’yinlari kumush medal sohibi Bektemir Meliqo’ziyev va jahon chempionati sovrindori Bahodir Jalolov bilan suhbatlashdi.

Abrorjon Qodirovning aytishicha, raqibi kuchli va tajribali bokschi. Yong Chang o’z vaqtida Osiyo chempioni bo’lgan. “Men avval bu bokschi bilan ringda to’qnash kelmaganman. Lekin mashg’ulotlar jarayonida uning janglarini tomosha qildik. Ustozlarim uning jang uslubini tahlil qilib berishdi va tayyorgarlik jarayonida buni inobatga olib ishladik. Albatta, raqibim ham meni o’rganishga harakat qilgani aniq. U ham bu jangga tayyorlangan. G’alaba kimga nasib etishi ertaga ring ko’rsatadi. Lekin «Uzbek Tigers» bokschilari ertaga ham faqat g’alaba uchun jang qiladi”, – deya aytib o’tdi Qodirov.

Bektemir Meliqo’ziyev esa bugun faqat g’alabani ko’zlab ringga chiqishini aytdi. “Birinchi ikkita uchrashuvda kutilmaganda mag’lubiyatga uchradik. o’sha janglardan to’g’ri xulosa chiqardik. Kamchiliklarimiz ustida juda ko’p uishladik. Bu mehnatlarimiz samara beryapti va biz guruhdagi vaziyatni o’nglayapmiz. «Uzbek Tigers» ahil jamoa, muhit a`lo darajada, tayyorgarligimiz puxta va eng muhimi, bokschilarimizda g’alaba qozonib, muxlislarni xursand qilish ishtiyoqi kuchli. O’z muxlislarimiz ko’z o’ngida har qanday raqibni yengishimiz shart”, – deydi Meliqo’ziyev.

Jahon chempionati sovrindori Bahodir Jalolov esa WSB turnirida kuchsiz jamoaning o’zi bo’lmasligini aytib o’tgan. “Har bir raqib o’ziga xos kuchga, tajribaga va mahoratga ega. Albatta, «Uzbek Tigers» bokschilari ham imkon qadar ko’proq g’alaba qozonib, muxlislar ishonchini oqlash uchun jang qiladi. Har bir uchrashuvga alohida taktika asosida hozirlik ko’riladi. «China Dragons» jamoasi ham kuchli bokschilardan tarkib topgan. Men ham raqibimni o’rganib, shunga yarasha tayyorgarlik ko’rdim. Nasib qilsa, ertaga «Uzbek Tigers» muxlislik qilayotgan va bizni qo’llab-quvvatlash uchun keladigan hamyurtlarimiz ishonchini oqlaymiz”, – dedi Jalolov.

Izoh qoldirish

Please enter your comment!
Please enter your name here