2 yoshli amerikalik bolakay o'z egizagini qutqardi - Dono.uz

2 yoshli amerikalik bolakay o’z egizagini qutqardi

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Ikki yoshli egizak aka-ukalar Broudi va Brok Shoff o’z xonalarida o’yin o’ynayotib, komodni ag’darib yuborishdi. Mebel egizaklardan birining ustiga tushdi, buni ko’rgan ikkinchi bolakay esa unga yordam berishga shoshildi. «Layf» nashri ushbu video bilan bo’lishdi.

Bolalar o’ynayotgan paytda ona uyda bo’lgan, biroq komodning qulaganini eshitmagan. Ma`lum bir vaqt o’tgach, u bolalarning xonasiga kirib, komodning yerda ag’darilib yotgani, bolalarning esa  sog’-omonligini ko’rgan.

Egizaklarning otasi kichik bolakaylarning ota-onalarini ogohlantirish maqsadida ushbu videoni Facebook’ga joylashtirdi.

«Iltimos, barcha komodlar devorga mahkamlanganiga ishonch hosil qiling», – deb yozadi Riki Shoff.

Egizaklarning videosi YouTube’da yarim million marta ko’rilgan.

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Free WordPress Themes