Video: Audi R8 superkarlari dunyodagi eng qimmat savdo markazi — Al Hazm binosi ichida - Dono.uz

Video: Audi R8 superkarlari dunyodagi eng qimmat savdo markazi — Al Hazm binosi ichida

Audi avtomobilsozlik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan ikkita R8 superkarini Dohada joylashgan dunyodagi eng qimmat savdo markazi — Al Hazm’da suratga olishdi. Mazkur savdo markazini qurishga 825 million dollardan ortiq mablag‘ sarflangan. Mashinalar tasvirlangan video Auditography’ning YouTube’dagi kanaliga joylashtirilgan, deb xabar berdi “Motor”.

Savdo markazini qurish uchun 60 ming tonnaga yaqin Falastin va Toskanadan keltirilgan tosh va marmar ishlatilgan. Quruvchilar oldiga XVIII asrdagi Yevropa savdo markazi usulidagi inshootni yaratish vazifa qilib qo‘yilgan edi.

Videoda tasvirlangan to‘liq va orqa uzatmali R8 modellari 5,2 litrli 10 silindrga ega dvigatel bilan jihozlangan, biroq mashinalardan birining quvvati 610 ot kuchiga, ikkinchisiniki 540 ot kuchiga teng.

To‘liq uzatmali variant 100 km/soat tezlikka 3,2 soniyada chiqsa, orqa uzatmali model ushbu ko‘rsatkichga 3,7 soniya sarflaydi.

Manba: daryo.uz

Free WordPress Themes