Video: Ilon Maskning yerosti tonnellari uchun mo‘ljallangan elektrobusi - Dono.uz

Video: Ilon Maskning yerosti tonnellari uchun mo‘ljallangan elektrobusi

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask yerosti tonnellari uchun mo‘ljallangan haydovchisiz harakatlanadigan avtobus konseptini namoyish etdi. Meduza’ning xabar berishicha, bunday yerosti jamoat transporti tizimi loyihasi Maskning The Boring Company kompaniyasi tomonidan tayyorlanmoqda.

Foto: Meduza

Taxminlarga ko‘ra, ushbu elektrobuslar tezligini soatiga 240 kilometrgacha oshira oladi va o‘zi harakatlanayotgan tonnellar bo‘ylab va yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish uchun ularni yer sathiga olib chiqadigan liftlarda avtomatik harakatlanadi. Bu elektrobuslar uchun bitta avtomobil sig‘adigan standart parkovka joyi hajmida mingga yaqin maxsus liftli maydonchalar qurilishi rejalashtirilgan.

Boring Co urban loop system would have 1000’s of small stations the size of a single parking space that take you very close to your destination & blend seamlessly into the fabric of a city, rather than a small number of big stations like a subway

Maskning ta’kidlashicha, yo‘lovchi va velsoipedchilarni tashish yangi transport tizimi uchun ustuvor vazifa bo‘ladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, The Boring Company avtomobillarni tonnellar bo‘ylab tashish loyihasidan voz kechgani yo‘q, biroq birinchi galdagi masala — yo‘lovchilarni tashishdir.

Los-Anjeles shahri ostida tonnellar tizimini qurish rejalarini Ilon Mask 2016-yil oxirida e’lon qilgandi — dastlabki reja bo‘yicha, bu tonnellar bo‘ylab avtomobillar tashilishi kerak edi. 2017-yil avgustida Los-Anjeles ma’muriyati uch kilometrlik dastlabki tajriba tonnelini qurishga ruxsat berdi. Ichida Tesla avtomobili turgan tonnel bo‘lagi allaqachon jamoatchilik e’tiboriga havola qilingan.

Manba: daryo.uz

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Free WordPress Themes