Bosh sahifa Yangiliklar Video: Kenguru velosipedchi ustidan sakrab o’tib ketdi

Video: Kenguru velosipedchi ustidan sakrab o’tib ketdi

92
0

Avstraliyada yashovchi britaniyalik Jyeyms Roberts kenguru velosipedchining ustidan sakrab o’tib ketganini tasvirga tushirdi. Bu haqda Daily Mirror xabar berdi.

Erkak o’z tanishlari bilan velosipedda sayrga chiqqan. Uning yukxonasida o’rnatilgan kamera ortidan kelayotgan Adelaida shahri fuqarosi Maykl Blandni videoga oldi.

Kutilmaganda butalar orasida kenguru otilib chiqib, velosipedchi boshidan sakrab o’tgan hamda boshqa tomonga chopib ketgan. Bland boshini biroz egishga muvaffaq bo’ldi, biroq to’xtamadi va harakatlanishda davom etdi.

Roberts esa yozuvni Facebook ijtimoiy tarmog’iga joylashtirgan.

Izoh qoldirish

Please enter your comment!
Please enter your name here